23:55 / 20.09.2021
2 018

Bakterial va virusli infeksiyani bir-biridan farqlovchi tezkor test ishlab chiqildi

Bakterial va virusli infeksiyani bir-biridan farqlovchi tezkor test ishlab chiqildi
AQSHning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon bozorini nazorat qilish boshqarmasi organizmga bakterial yoki virusli infeksiya kirganini 15 daqiqa ichida aniqlovchi birinchi tezkor testni qo‘llashga ruxsat berdi. BV Test deb nomlangan test Isroilning MeMed kompaniyasi tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQSH Mudofaa vazirligi ajratgan 30 mln dollarli maxsus grant mablag‘lariga ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, test infeksiyaning sababini aniqlamaydi, biroq u organizmning virusli va bakterial kasallanishga immun javobining o‘ziga xos tahlili hisobiga tezda natijani beradi.

Bu tashxis qo‘yishda mutlaq yangi so‘zdir. Endilikda uning evaziga bizga yo‘tal bilan bola keltirilganda, yo‘tal bakterial infeksiya bilan chaqirlanganmi yoki viruslimi, tezda aniqlab, shunga qarab dori-darmon beramiz. Agar infeksiya bakterial tabiatga ega bo‘lsa, unda antibiotik tayinlanadi, virus bo‘lsa, unda antibiotik berib bo‘lmaydi”, deb aytgan Utrext universiteti (Niderlandiya) tibbiyot markazining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, testning klinik sinovlarida ishtirok etgan Lui Bont.

Yangi test ushbu markazda 3 oydan beri sinovlardan o‘tkazilmoqda. Testni o‘rganishda va uning sinovlarida, shuningdek, Garvard tibbiyot maktabi, Nyu-Yorkdagi Maymonid nomidagi markaz va Isroildagi Xillel Yaffe tibbiyot markazi olimlari ishtirok etgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bakterial va virusli infeksiyani bir-biridan farqlovchi tezkor test ishlab chiqildi