Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 20 sentabr, dushanba kuni xususiy uylardan birida yashovchi erkak uni sud qaroriga muvofiq majburan ko‘chirib yuborishga uringan sud ijrochilarini o‘qqa tutdi, oqibatda ikki nafar politsiyachi va yana uch kishi halok bo‘ldi, deb yozadi «RBK».
«Ushbu uyda istiqomat qiluvchi 1967 yilda tug‘ilgan erkak tajovuz ko‘rsatib, sud ijrochilari, politsiya uchastka inspektorlari va Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlariga qarata o‘qotar quroldan o‘t ochdi», — deyiladi shahar politsiyasi matbuot xizmati bayonotida.
Tengrinews portali qayd etishicha, otishma natijasida ikki nafar politsiya ofitseri — kapitan va mayor halok bo‘lgan.
«Besh kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotgan paytda o‘qotar quroldan jarohat olib, vafot etdi», — deyiladi nashr xabarida.
O‘t ochgan shaxs qo‘lga olingan, huquq-tartibot organlari ish bo‘yicha tergov boshladi.
Fojia yuz bergan Alatau tumani rahbari Azamat Kaldibekov OAVga o‘t ochgan shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi. «Tergovdan keyin rasmiy vakillar to‘liq ma’lumot beradi. Men oshkor eta olmayman», — deya qo‘shib qo‘ydi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi