12:36 / 22.09.2021
3 826

Perm universitetida otishma uyushtirgan talabaning oyog‘i kesib tashlandi

Perm universitetida otishma uyushtirgan talabaning oyog‘i kesib tashlandi
Temur Bekmansurov
Foto: VK / «RBK»

Perm davlat universitetida otishma sodir etgan talaba Timur Bekmansurovning chap oyog‘i tizzasigacha kesib tashlandi. Bu haqda Shot Telegram kanaliga tayanib Meduza xabar berdi.

Bu ma’lumot «59.ru» nashrining tibbiy doiralardagi manbasi tomonidan tasdiqlangan. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Bekmansurovning ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lib qolmoqda, u reanimatsiya bo‘limida sun’iy nafas oldirish apparatlariga ulab qo‘yilgan.

Mash aniqlik kiritishicha, Bekmansurovning jarohatlaridan biri sonida joylashgani tufayli, uning oyog‘ini amputatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Bundan tashqari, u o‘pkasidan, jigaridan, ichagidan yaralangan, siydik yo‘liga zarar yetgan.

«Izvestiya» manbasiga ko‘ra, tromblar hosil bo‘lgani tufayli oyoq kesib tashlangan.

Bekmansurov Perm davlat universitetida sodir etgan otishma oqibatida olti kishi halok bo‘lib, yana 28 kishi yaralandi, ularning to‘qqiz nafari — og‘ir jarohatlar oldi. 21 sentabr holatiga og‘ir ahvolda yotganlar yetti kishini tashkil qildi.

Bekmansurov qo‘lga olinish chog‘ida yaralandi. Voqea joyiga yetib kelgan YPX inspektori Konstantin Kalinin unga qurolni tashlashni buyurdi, ammo talaba o‘q uzdi, shundan keyin inspektor bunga javoban o‘t ochdi. Bekmansurovni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlari uchun Kalinin davlat mukofotiga tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Perm universitetida otishma uyushtirgan talabaning oyog‘i kesib tashlandi