2 698
Qirg‘iziston prezidenti Afg‘onistondan kelgan etnik qirg‘izlar uchun shaharcha qurilishini boshlab berdi
Foto: Kloop
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘sh viloyatining Chon-Olay tumaniga tashrif buyurdi va u yerda afg‘onistonlik etnik qirg‘izlar — Kichik va Katta Pomirdan kelgan muhojirlarni ko‘chirishga mo‘ljallangan shahar qurilishi uchun kapsula qo‘ydi. Bu haqda prezident ma’muriyatiga tayanib, Kloop xabar berdi.
Shaharchada pomirlik qirg‘izlarni joylashtirish uchun 400 tagacha uy qurish va’da qilinmoqda. «Afg‘onistonning Kichik va Katta Pomir hududlaridan ko‘chib kelgan va tog‘li Burgan-Suv qishlog‘iga joylashtirilgan birodar-u opa-singillarimizning farzandlari muqaddas qirg‘iz zaminida farovon bo‘lib voyaga yetishsin», — dedi Japarov.
Avvalroq, iyul oyida Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» ta’qibidan qochgan afg‘onistonlik etnik qirg‘izlarni Qirg‘izistonga olib kelishga va’da bergandi. 340 kishini ko‘chirib kelish rejalashtirilgan edi, lekin bu amalga oshmadi.
Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston hukumatidan afg‘on qirg‘izlarini mamlakat bo‘ylab Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktigacha olib kelishda yordam so‘raganini ma’lum qildi. Biroq vazirlikka ko‘ra, Qirg‘iziston rasmiylarining murojaatlari «javobsiz qolgan». Tojikiston matbuoti xabariga ko‘ra, etnik qirg‘izlar Afg‘onistonga qaytarilgan.
Qirg‘izistondagi Pomir qirg‘izlari
Hozir Pomirda yashaydigan qirg‘izlar 1575 yildan 1930 yilgacha Afg‘onistonga ko‘chib o‘tgan qirg‘izlarning avlodlari. Ular Katta va Kichik Pomir tog‘larida qiyin sharoitda, ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan mosuvo holda yashaydi.
Pomirliklarning vataniga qaytarish masalasi Qirg‘iziston hukumatida bir necha bor ko‘tarilgan, ammo haligacha hal qilinmagan. Qirg‘iziston har yili Pomir tog‘lariga ekspeditsiyalar yuborib, u yerda yashovchi qirg‘izlarga gumanitar yordam ko‘rsatadi.
2017 yildan boshlab hukumat Pomir qirg‘izlarini tarixiy vataniga ko‘chirish choralarini ko‘rishni boshladi.
2021 yil 4 aprel kuni Sadir Japarov Afg‘onistondan O‘sh viloyati Oloy tumanining Taldi-suv qishlog‘iga ko‘chirilgan Pomir qirg‘izlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda prezident Pomirda qolgan qirg‘izlarni ko‘chirib kelish, ularga fuqarolik berish va ishsizlik masalasini hal qilishni tezlashtirishga va’da berdi. Bundan tashqari, prezident Chon-Olayga ko‘chiriladigan afg‘on qirg‘izlari uchun uy qurilishiga ishontirdi. Aprel oyida 111 nafar pomirlik Qirg‘iziston fuqaroligini olgani ma’lum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?