13:10 / 22.10.2021
1 947

Putin faoliyatidagi eng katta natijani ma’lum qildi

Putin faoliyatidagi eng katta natijani ma’lum qildi
Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining tarixdagi o‘rni haqida o‘ylamasligini aytdi. Unga ko‘ra, bu qarorlar qabul qilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Lekin u prezidentlik faoliyati davomida ma’lum natijalarga erisha olganiga ishonishni ta’kidladi.

Jumladan, «Valday» forumida Putin eng katta natija sifatida milliy qashshoqlik darajasini ikki baravarga kamaytirishga erisha olganini qayd etgan.

«Biz nimaga erishdik. Bizda qashshoqlik chegarasida 40 million odam bor edi. Bugungi har xil hisob-kitoblarga ko‘ra, 19 yoki 20 milliondan ko‘proq qashshoq odam bor. Lekin 40 million emas. Bu, ehtimol, eng katta natijadir», degan Rossiya prezidenti.

Putin, shuningdek, iqtisodiyotni tiklash, terrorizmga qarshi samarali kurashda ham o‘zining xizmatlari bor, deb bilishini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin faoliyatidagi eng katta natijani ma’lum qildi