Facebook rahbari Mark Sukerberg va uning rafiqasi Pritsilla Channing oilasida avval ishlagan ikki kishi ularni jinsiy zo‘ravonlik va kamsitishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda NBC ma’lum qildi.
Da’vo 20 sentabr kuni qo‘zg‘atilgan, biroq bu haqda faqat 26 oktabr kuni ma’lum bo‘lgan. Da’vogarlar 2017 yil yanvaridan 2019 yil martigacha oilada «uy boshqaruvchisi» bo‘lib ishlagan Jon Do va Mia Kingdir.
Chan va Sukerberg jinsiy zo‘ravonlik va kamsitishdan tashqari, xodimlarning maoshlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Ta’kidlanishicha, Facebookning o‘zi sud jarayonlarida ishtirok etmaydi.
Oila vakili Ben LaBolt Sukerbergga qo‘yilgan ayblovlarni tasdiqlab bo‘lmasligini aytgan.
«Biz oilaviy ofisda ishlayotgan professionallar jamoasi bilan faxrlanamiz va hamkasblarimizni nohaq kamsitishga qaratilgan bu ayblovlar uydirma ekanligiga aminmiz», — deya aytib o‘tgan LaBolt. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi