Foto: «RIA Novosti»
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatidagi to‘yda musiqa yangragan paytda hujum qilganlar «Tolibon» nomi ortida yashiringan. Bu haqda Tolibon vakili va Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid Twitter orqali ma’lum qildi.
Avvalroq, «RIA Novosti» manbasining xabar berishicha, Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida to‘y marosimida musiqa yangrashi oqibatida kamida ikki kishi toliblar qo‘lidan halok bo‘lgan, yana 10 kishi jarohatlangan.
«Kecha Nangarhor viloyatining Shamshpur Mar Gundi qishlog‘idagi ... to‘yda uch kishi Tolibon nomidan musiqa chalishni to‘xtatishni talab qilishgan... Shaxsiy adovatlari yo‘lida Islom amirligi (Tolibon siyosiy tizimi nomi — tahr.) nomidan foydalangan hodisa aybdorlari shariat qonunlariga topshirilgan», – dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ular to‘y ishtirokchilariga qarata o‘t ochishgan. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Ikki gumonlanuvchi qo‘lga olindi, biri qochishga muvaffaq bo‘ldi, u hozir qidiruvda.
Mehmonxonalardan birining egasi avvalroq «RIA Novosti» agentligiga toliblar Afg‘onistondagi to‘ylarda jonli musiqani taqiqlaganini, endilikda erkaklar va ayollar turli xonalarda bayram qilishlari kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»