4 771
Qirg‘iziston hukumati fuqarolarga maishiy elektr jihozlaridan foydalanishni taqiqlamoqda
Energetika inqirozi sababli Qirg‘iziston hukumati mamlakat fuqarolariga zarur maishiy elektr jihozlaridan foydalanishni taqiqlamoqda. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni 24.kg axborot agentligi xabar bergan.
Bugun Botken viloyati Qadamjoy tumani aholisining elektr isitish moslamalari muhrlab qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Alamiddin viloyatida esa qishloq aholisi elektrning o‘chirilishiga norozilik sifatida aylanma yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
Kuni kecha Respublika Prezidenti Sadir Japarov Kemin shahridagi ko‘p tarmoqli ko‘chma poliklinika ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqib, aholi uchun energiya iste’molini cheklamaslik, elektr energiyasi tariflarini oshirmaslik bo‘yicha topshiriq berganini aytgan edi.
Energetika vaziri Do‘squl Bekmurzayev iyun oyida ham shunday degan edi, deb yozadi gazeta. U o‘shanda Qirg‘izistonda energiya inqirozi yo‘qligi, faqat ijobiy fikr yuritish kerakligini aytgan edi.
«Agar sizlar faqat salbiy fikr yuritsangiz, bu haqiqatga aylanadi», degan edi Bekmurzayev.
Rasmiylar elektr energiyasi va elektr jihozlarini ommaviy ravishda o‘chirishni boshlaganiga qaraganda, mamlakat fuqarolari yetarlicha ijobiy fikrlamagan ko‘rinadi, deb yozadi agentlik muxbiri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi