Foto: dialog.ua
Qrim hozirda Rossiyaga tegishli hisoblanadi, siyosiy voqelik ana shunday. Bolgariya prezidenti Rumen Radev Kiyev uning yarimorol kimga tegishliligi haqidagi so‘zlariga izoh berishni talab qilganidan so‘ng shu javobni aytdi, deb yozadi Mediapool.bg.
Shu bilan birga, u 2014 yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi xalqaro huquq buzilishi ekani, bu borada fikri qat’iyligini ta’kidladi.
Ikkinchi muddatga prezidentlikka da’vogarlik qilayotgan Radev asosiy raqibi Anastas Gerjikov bilan o‘tkazilgan saylovoldi debatida Qrimni Rossiyaning bir qismi deb aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashqi siyosatda pragmatizm zarur, Qrim tufayli kiritilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar esa hech qanday samara bermayapti.
Debat 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Ertasiga Ukraina tashqi ishlar vazirligi Bolgariyaning Kiyevdagi elchisi Kostadin Kojabashevni chaqirtirdi va prezidentning so‘zlariga raddiya talab qildi.
Qrim 2014 yilda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiyaga qo‘shilgan. Dunyoning aksariyat davlatlari yarimorolning Rossiyaga tegishli ekanini tan olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi