17:43 / 22.11.2021
1 464

Litva chegaradagi mojaro bo‘yicha Belarus bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi

Litva chegaradagi mojaro bo‘yicha Belarus bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi
Foto: Reuters
Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotayte Vilnyus migratsiya inqirozini tartibga solish bo‘yicha Minsk bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u LRT telekanali efiri vaqtida gapirdi, deb xabar beradi «Gazeta.ru».

«Qanday qilib kriminal jinoyatchilar bilan biror-bir muzokara, siyosiy muzokara o‘tkazish mumkinligini tasavvur qila olmayman», — deydi IIV rahbari. U Belarus bilan texnik darajadagi aloqalar tartibga solinganini bildirgan.

Bilotaytening so‘zlariga ko‘ra, inqirozda Lukashenko aybdor va faqat u «odamlarning qiynalishiga» javob berishi kerak.

Oldinroq Litva prezidenti Gitanas Nauseda chegaradagi migratsiya inqirozini hal qilish uchun g‘arb yetakchilarining Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokara o‘tkazishi muqarrarligini ma’lum qilgandi.

Polsha va Belarus chegarasidagi vaziyat 8 noyabr kuni Yaqin Sharq davlatlaridan kelgan bir necha ming muhojir Belarus tomonidan Polsha bilan chegaraga yaqinlashib, Yevropa Ittifoqiga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganidan keyin yanada murakkablashdi. Polsha hukumati bu voqealarni chegaradagi inqiroz boshlanganidan beri eng og‘ir lahza deb baholadi.

Polsha, Litva va Latviya so‘nggi oylarda Belarus orqali Yevropa Ittifoqiga kirishga urinayotgan noqonuniy muhojirlar oqimi ortayotganini qayd etdi. Yevropa Ittifoqi Belarusni Ittifoq chegaralari yaqinida tartibsizliklar yaratishda ayblamoqda. Boltiqbo‘yi davlatlari Belarus hukumatini muhojirlar oqimini atay uyushtirganlikda ayblab, buni «gibrid tajovuz» deb atamoqda. Yevropa Komissiyasi ham xuddi shunday pozitsiyada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Litva chegaradagi mojaro bo‘yicha Belarus bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini rad etdi