Foto: RIA Novosti
Xitoylik olimlar o‘tkazgan tadqiqot natijasida koronavirusning barcha ma’lum shtammlari ta’sirini yo‘qqa chiqaruvchi antitanacha aniqlandi. Bu haqda bioRxiv elektron kutubxonasida e’lon qilingan ma’lumotlar darak bermoqda.
35B5 antitanachasi koronavirusning og‘ir shaklini boshdan o‘tkazgan xitoyliklar qon namunalarini o‘rganish vaqtida kashf qilindi. Ushbu qon namunalaridan antitanachalar ishlab chiqaruvchi hujayralar ajratib olinib, ularning koronavirusning turli qismlari bilan ta’sirlashuvi ortidan kuzatuv olib borilgan.
Natijada olimlar krioelektron mikroskop yordamida antitanacha virusning mutatsiya vaqtida o‘zgarishsiz qoluvchi o‘ziga xos qismiga ta’sir qilishini aniqlashgan.
“Olingan suratlar 35B5 molekulasi koronavirus S-oqsilining virus evolyutsiyasi vaqtida deyarli o‘zgarmaydigan qismi bilan birikishini ko‘rsatdi. Molekulaning bu xususiyati barcha shtammlar uchun universal vaksina ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin”, deb aytishgan olimlar.
Olimlarning taxmin qilishicha, 35B5 antitanachasi koronavirusning yaqinda aniqlangan yangi shtammi – “omikron”ni ham neytrallay oladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi