AQSHda noma’lum uchar jismlarni o‘rganuvchi tuzilma tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish2K
AQSHda noma’lum uchar jismlarni o‘rganuvchi tuzilma tashkil etiladi
Foto: Getty Images
AQSHda noma’lum uchar jismlar bilan bog‘liq hodisalarni o‘rganuvchi tuzilma tashkil etiladi. Bu haqda Nyu-York shtatidan senator Kirsten Jillibrand ma’lum qildi, deb xabar berdi The Hill nashri.

Senatorning ta’kidlashicha, yangi tuzilma AQSH harbiy-dengiz kuchlarining 2020 yilda tashkil etilgan Noma’lum havo hodisalari bo‘yicha maqsadli guruhi (Unidentified Aerial Phenomena Task Force) o‘rnini egallaydi. Jillibrand yangi tuzilma mudofaa vazirligi va razvedka xizmatlaridan NUJlar haqida ma’lumotlar olishini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, u NUJ bilan bog‘liq hodisalarning milliy xavfsizlikka tahdidini baholaydi.

Pentagon maqsadli guruhni NUJ bilan bog‘liq hodisalarni tergov qilish uchun tashkil etgandi. Uning vazifalari NUJni aniqlash, tahlil qilish va milliy xavfsizlikka xavf soluvchi NUJlar ro‘yxatini tuzishdan iborat.

2021 yil iyunda AQSH maxsus xizmatlari kongress so‘rovi bilan NUJlar bo‘yicha hisobotni taqdim etgandi. Unda 2004 yildan 2021 yilgacha AQSH tomonidan NUJ bilan bog‘liq 144ta hodisa qayd qilingani aytilgan. Hozircha ularni tushuntirishning imkoni bo‘lmagan, chunki mavjud ma’lumotlar bunga ozlik qiladi. Hisobot mualliflari NUJlar milliy xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini aytishgan. Shu bilan birga, ular NUJlar xorijiy razvedkalarning ma’lumotlar to‘plashga mo‘ljallangan ilg‘or texnologiyalari bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tishgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?