22:18 / 08.01.2022
1 544

Xitoylik olimlar Oy tuprog‘i namunalarida suv borligini aniqladi

Xitoylik olimlar Oy tuprog‘i namunalarida suv borligini aniqladi
Foto: Getty Images
Xitoylik olimlar 2020 yilda Chane-5 sayyoralararo avtomatik stansiyasi tomonidan Yerga olib kelingan Oy tuprog‘i tarkibidan suvni topdi. Bu boradagi tadqiqot maqolasi Science Advances jurnalida e’lon qilingan.

«Biz Chane-5 tushuvchi apparat zondidan olingan 0,48—3.2 mikrometr spektrlaridagi ma’lumotlarga asoslangan natijalar tahlilini e’lon qilyapmiz. Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Oy tuprog‘ining namunasida 120 millionning bir ulushicha suv bor bo‘lib, aksariyat qismi quyosh shamoli sabab paydo bo‘lgan», — deyiladi tadqiqot maqolasida.

Ta’kidlanishicha, tuproq Oyning shimoliy qismidagi «Bo‘ronlar okeani» hududidan to‘plangan.

Xitoyning Chane-5 zondi Xaynan orolida joylashgan «Venchan» kosmodromidan 2020 yilning 23 noyabrida Chanchen-5 raketa tashuvchisi yordamida uchirilgan edi. 2020 yilning 1 dekabrida zond «Bo‘ronlar okeani»ga qo‘ngan, shundan so‘ng, 16 dekabrda Yerga 1731 gramm tuproq bilan qaytgan.

Ta’kidlash kerakki, mazkur missiya muvaffaqiyatli amalga oshgan taqdirda Xitoy AQSH va SSSRdan keyin Oy yuzasidan Yerga tuproq olib kelgan dunyodagi uchinchi mamlakat bo‘ladi. Oy tuprog‘ini Yerga olib kelish bo‘yicha oxirgi missiya 1976 yilda amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning aprelida Xitoy boshqa ko‘plab mamlakatlar qatori, Oyga o‘z odamini qo‘ndirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi. May oyida esa «Yuytu-2» lunoxodi Oyning orqa tomonida Oy mantiyasining ikki xil jinslarini topgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik olimlar Oy tuprog‘i namunalarida suv borligini aniqladi