Lukashenko "Qozog‘istondagi kabi bo‘lmasligi uchun" Tojikistonga yordam berish kerakligini aytdi

1 daqiqa o'qish1.4K
Lukashenko "Qozog‘istondagi kabi bo‘lmasligi uchun" Tojikistonga yordam berish kerakligini aytdi
Foto: Sefa Karacan/Anadolu Agency via Getty Images
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealar fonida Tojikistonga yordam berishga chaqirdi.

"Tojikiston prezidenti bir necha yildan beri moddiy, birinchi navbatda harbiy texnika bilan qo‘llab-quvvatlashimizni so‘ramoqda. Qozog‘iston bilan bo‘lgani kabi bizga qimmatga tushmasligi uchun hozir yordam berishimiz kerak", - dedi u KXSHT rahbarlari onlayn-sammitida.

"Qozog‘istonga qariyb 200ta reysda texnika tashladik. Tojikistonda ham bunday bo‘lishini istamaymiz. Unga hozir yordam bergan ma’qul, bu muammolarni hal qila oladi. Bu boshqa respublikalarga ham tegishli. Xulosa chiqarish kerak", - dedi Belarus prezidenti.

Qozog‘iston TIVning bayonotiga ko‘ra, mamlakat xorijda tayyorgarlikdan o‘tgan, yaxshi muvofiqlashtirilgan terrorchi guruhlar tomonidan qurolli tajovuzga uchragan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, hujumlarni amalga oshirganlar orasida islomiy radikal guruhlar tarkibida «qaynoq nuqta»larda jang tajribasini orttirgan shaxslar mavjud.

Qozog‘iston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidan (KXSHT) yordam so‘radi va vaziyatni barqarorlashtirish uchun 2500 nafarga yaqin tinchlikparvar kuchlar yuborildi. Ularning vazifasi strategik ob’yektlarni qo‘riqlash va Qozog‘iston huquq-tartibot kuchlarini himoya qilishni o‘z ichiga oladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?