Ronalduning o‘g‘li Portugaliya U-17 terma jamoasida debyut qildi

1 daqiqa o'qish5
Ronalduning o‘g‘li Portugaliya U-17 terma jamoasida debyut qildi

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning katta o‘g‘li Krishtianu Ronaldu Junior ilk bor mamlakatning 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar terma jamoasiga chaqirildi. U 2027 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etadigan 23 nafar futbolchidan iborat ro‘yxatdan joy oldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Portugaliya U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Filipe Ramush 2 noyabr kuni e’lon qilgan tarkibga 16 yoshli Ronalduning o‘g‘li ham kiritildi. Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi yoshlar jamoasida to‘p suradigan futbolchi bungacha Portugaliyaning U-15 va U-16 terma jamoalarida ham o‘ynagan.

Portugaliya saralash bosqichida Andorra, Bolgariya va Serbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushdi. Ronaldu Junior 12 noyabr kuni Andorraga qarshi uchrashuvda terma jamoaning U-17 darajasidagi debyutini o‘tkazdi. 4:0 hisobida yakunlangan bahsda u o‘yinning so‘nggi 20 daqiqasida maydonda harakat qildi.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Portugaliya yoshlar terma jamoalarida avval ham to‘p surgan. U U-15 tarkibida to‘rtta o‘yinda ikkita, U-16 jamoasida esa to‘qqizta uchrashuvda uchta gol urgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?