1 115
Afg‘onistonning Xitoydagi elchisi olti oydan buyon maoshsiz ishlayotgani tufayli ishdan bo‘shadi
Foto: Reuters
Afg‘onistonning Xitoydagi elchisi Jovid Ahmad Qayum Kobuldagi hukumat tomonidan olti oy davomida maoshi to‘lab berilmagani tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Elchi o‘zining yozma hisobotida Afg‘onistonning Pekindagi elchixonasida ishlagan ko‘plab diplomatlar Xitoyni tark etgani, sababi Kobuldagi hukumat avgustdan, ya’ni «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olganidan buyon o‘z maoshlarini olmay ishlaganligini qayd etgan.
«Sharafli mas’uliyat yakuniga yetdi: men elchi lavozimidan bo‘shadim. Men uchun Afg‘oniston va o‘z xalqim uchun ishlash g‘urur bag‘ishladi. Elchilikdan ketishimning bir nechta sababi bor, shaxsiy, professional, biroq bu yerda ularni yozib o‘tmoqchi emasman», – deya qayd etgan Jovid Ahmad Qayum.
Qayumning so‘zlariga ko‘ra, elchixonaga xizmat ko‘rsatgan xodimlarga 2022 yil 20 yanvarda ular qilgan mehnat uchun to‘lovlar qilingan va endi ularning faoliyati ham tugagan. Mazkur ishchilarning mehnatiga haq to‘lash elchixonaning 100 ming dollar mablag‘i qolgan hisob raqamlaridan biridan amalga oshirilgan.
Elchining xabar qilishicha, u elchixona avtomobillari kalitlarini o‘z xonasida qoldirgan, shuningdek, u ikkita avtomobilni allaqachon metallolomga topshirish kerakligini bildirgan. Afg‘oniston hukumati mamlakatning Pekindagi yangi elchisi kim bo‘lishi haqida rasmiy ma’lumot bermagan, biroq Qayum o‘z xatida elchixonaga yangi odam tayinlanishi va uning «janob Sadaat» ekanligini yozgan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Van Venbin har kuni o‘tkaziladigan brifingda Qayumning Xitoyni tark etgani va uning qayerga va nima uchun ketayotganini bilmasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi