23:23 / 22.01.2022
2 591

Baydenning so‘zlari “Tolibon”ning tanqidiga uchradi

Baydenning so‘zlari “Tolibon”ning tanqidiga uchradi
“Tolibon” harakati AQSH prezidenti Jo Baydenning hech qanday kuch afg‘on xalqini yagona hokimiyat ostida birlashtira olmaydi, degan so‘zlarini rad etadi. “Tolibon” tuzgan Tashqi ishlar vazirligining bu boradagi bayonotini vazirlik matbuot kotibi Abduqahhor Balxiy ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi AQSH prezidentining Afg‘oniston birlashishga qodir emasligi haqidagi so‘zlarini qat’iyan rad etadi”, – deyiladi bayonotda. Ta’kidlanishicha, “birlashgan va bo‘linmagan xalqlargina bosqinchilar va buyuk imperiyalarning qulashiga olib kelishi mumkin”.

Shuningdek, bayonotda “Tolibon” qisqa vaqt ichida Afg‘onistonda “umumiy xavfsizlikni ta’minlashga, markaziy hukumatni o‘rnatish va afg‘on xalqini birlashtirishga” erishgani aytilgan. “Nifoq tashqi hodisa bo‘lib, omon qolish uchun ajnabiy bosqinchilar tomonidan qo‘zg‘atilgan. Ammo afg‘onlar islom dini, vatan tuyg‘usi va shonli tarix yordamida ularni yengib, endi teng huquqli davlat bo‘lish yo‘lida qat’iy qadam tashlamoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan “Tolibon”.

Chorshanba kuni Oq uyda matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Jo Bayden Afg‘oniston “imperiyalar qabristoni” ekanini, chunki u “birdamlikni qabul qilmasligini” aytgan edi. “Agar kimdir Afg‘onistonni bir hukumat ostida birlashtira oladi, deb o‘ylasangiz, qo‘lingizni ko‘taring”, – dedi Amerika prezidenti yig‘ilganlarga.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning so‘zlari “Tolibon”ning tanqidiga uchradi