G‘azo sektorining shimoliy qirg‘og‘i yaqinidan qimmatbaho buyumlari bo‘lgan 20 ga yaqin qabrlarni o‘z ichiga oluvchi qadimgi rimliklar qabristoni topildi. Reuters agentligining ma’lumot berishicha, Qadimiy ashyolar vazirligi buni so‘nggi o‘n yillikdagi eng muhim topilma deb hisoblamoqda.
G‘azo tarixda Rim imperiyasi va salib yurishlari orqali Bibliyada tasvirlangan qadimgi misrliklar va filistimliklar kabi ko‘plab sivilizatsiyalar uchun muhim savdo nuqtasi hisoblangan, shu sababdan qadimiy ashyolarga boy hudud hisoblanadi.
Mazkur hududdan topilgan xarobalar orasida Makedoniyalik Iskandar qamali va mo‘g‘ul bosqinchilaridan qolgan qoldiqlar mavjud.
Hozirgacha hududdan 20 ta rimliklar qabri topilgan va jamoa 50 kvadrat metrlik qabriston ichidan jami 80 ta qabr qazib olishni kutmoqda. Faqat ikkita qabr ochib ko‘rilgan va ichida inosn suyaklari hamda loy idishlar borligi aniqlangan.
G‘azo Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi bosh direktori Jamol Abu Rida qabrlarning shakli va naqshli bezaklari tufayli ular birinchi asrda yashagan Rim imperiyasining yuqori martabali odamlariga tegishli bo‘lgan, deb taxmin qilmoqda.
Keyingi davrlardagi shimoldan janubga qaragan musulmon qabrlaridan farqli o‘laroq, Rim qabrlarida o‘lganlarning boshi sharqdan g‘arbga qaratib yotqizilgan, degan bosh direktor o‘z so‘zida.
«Biz o‘tmishda bir nechta kashfiyotlar qildik; bu so‘nggi 10 yildagi eng muhim arxeologik kashfiyot», deydi Abu Rida.
Vazirlik rasmiylari ma’lumot berishicha, hudud tashrif buyurish istagida bo‘lganlar uchun xavfsiz holatga keltirilguncha jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga yopilgan.
Fransiyalik ekspertlar guruhi nazorati ostida bo‘lgan maydon Misr tomonidan moliyalashtirilgan uy-joy qurilishi loyihasi ustida ishlayotgan qurilish brigadasi tomonidan topilgan. Ular qabristonning ulkan qadimiy g‘ishtlarini ko‘rgach ishni to‘xtatib, arxeologlarni chaqirishgan.
G‘azo 2008 yildan buyon Isroil bilan to‘rt marta urush olib borgan Falastin islomiy guruhi Xamas tomonidan boshqariladi. Mojaro mahalliy iqtisodga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababdan rasmiylar odatda arxeologik topilmalarni qazish va saqlab qolish uchun xalqaro guruhlarni jalb qiladi, deydi G‘azo turizm va qadimiy ashyolar vazirligi bosh direktori. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?