Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya imperiyasini qayta tiklamoqchi va Yevropani o‘zi xohlagandek boshqarmoqchi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagdagi favqulodda nutqi chog‘ida aytib o‘tdi. «OstWest.tv» kanali kanslerning nutqidan asosiy fikrlarni havola qildi.
Germaniya kansleri o‘z nutqida Ukrainada harbiy harakatlarning avj olishi Yevropa tarixidagi «burilish nuqtasi» ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rus xalqi urushni istamaydi, shu sababli «bu Putinning urushi bo‘lib qoladi».
Shu bilan birga, Germaniya Rossiya bilan muloqotdan bosh tortmoqchi emas. «Bizga iloji boricha ko‘proq diplomatiya zarur, ammo laqma bo‘lmaslik kerak», — dedi u.
Nutqi davomida Germaniya kansleri 2022 yilda mamlakat armiyasini moliyalashtirish uchun federal budjetdan 100 milliard yevro ajratilishini ma’lum qildi. U, umuman olganda, Germaniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishga va har yili bu maqsad uchun yalpi ichki mahsulotning 2 foizidan ko‘prog‘ini ajratishga va’da berdi.
23 fevral kuni Berlinda 600 dan ortiq odam Rossiya elchixonasi yonida Putinning siyosatiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazgandi. Namoyishchilar Putin hamda uning oligarx-do‘stlariga qarshi sanksiyalar qo‘llashni talab qilgan.
Fevral boshida esa Olaf Shols Germaniya Ukrainaga qurol yetkazib bermoqchi emasligini aytgandi. «Germaniya hukumati anchadan buyon aniq yo‘nalishga ega: inqirozli hududlarga va Ukrainaga halokatli qurollarni yetkazib bermaymiz. Bu kabi siyosatga mendan oldingi kansler ham (Angela Merkel) sodiq edi va bu to‘g‘ri hamda shunday qoladi», — degan u. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz