
Yan Nepomnyashiy
Foto: Getty Images
Rossiyaning etakchi shaxmatchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga rasmiy murojaat bilan chiqdi.
- Rossiyalik shaxmatchilardan Rossiya Federatsiyasi prezidentiga murojaat.
Biz Ukraina hududidagi harbiy harakatlarga qarshimiz va tezda oʻt ochishni toʻxtatishga, mojaroni muloqot va diplomatik muzokaralar yoʻli bilan tinch hal qilishga chaqiramiz. Shu kunlarda xalqlarimiz boshiga tushayotgan falokatni koʻrish biz uchun chidab boʻlmas darajada ogʻriqli.
Har doim musobaqalarda Rossiya terma jamoasi uchun ham yakkalik, ham jamoaviy bahslarda gʻurur bilan oʻynaganmiz. Shaxmat ham umumiy sport kabi odamlarni birlashtirishi kerak deb hisoblaymiz. Eng murakkab va nufuzli xalqaro turnirlar pandemiya davrida ham yurtimizda yuqori saviyada oʻtkazildi.
Shaxmat oʻz harakatlariga mas'uliyat bilan yondashishni oʻrgatadi; har bir qadam muhim, xato esa toʻgʻrilab boʻlmas halokatli nuqtaga olib kelishi mumkin. Bu hamisha sport bilan bogʻliq boʻlgan, endilikda esa odamlarning hayoti, huquq va erkinliklari, inson qadr-qimmati, mamlakatlarimizning buguni hamda kelajagi xavf ostida.
Ushbu fojiali kunlarda biz ushbu dahshatli mojaroning markazida boʻlgan odamlar haqida oʻylaymiz. Ukrainalik hamkasblarimiz bilan dardni baham koʻramiz va tinchlikka chaqiramiz.
Ukraina shaxmat jamoasi amaldagi Evropa chempioni hisoblanadi va biz qatori dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir. Biz oʻnlab oʻyinlar va yuzlab partiyalar oʻtkazganmiz. Sport kurashini har doim siyosatdan ustun qoʻyganmiz — ukrainaliklar ham bizga shunday javob bergan. Ikki mamlakat jamoalari, oʻyinchilari va oddiy odamlariga oʻzaro hurmat qilish imkoniyatini berishingizni soʻraymiz.
Biz tinchlik tarafdorimiz. Urushni toʻxtating, - deyiladi Rossiyalik shaxmatchilar bayonotida.
Murojaatni Yan Nepomnyashiy, Aleksandra Kostenyuk, Daniil Dubov, Petr Svidler, Andrey Esipenko, Maksim Matlakov, Kirill Alekseenko, Aleksandr Motilev, Evgeniy Naer, Aleksandr Xalifman, Polina Shuvalova va boshqa bir qator taniqli shaxmatchilar imzolagan.
Rossiyalik shaxmatchilar1 Vladimir Putin1 Ukrainadagi harbiy harakatlar1 Murojaat1 Rossiya va Ukraina urushi Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar