11:33 / 19.02.2015
12 971

Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi

Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi

Moskvada 60 yoshli ayol ona bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Vesti.ru». Ayni paytda ayol ham, chaqaloq ham o‘zlarini yaxshi his qilmoqda.

Tug‘ruqxona shifokori so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq kesarcha kesish usulida dunyoga keltirilgan. Ona va bolaga standart muddatda uyga ketish uchun javob berilgan. Shifoxonadan chiqishda ularning ahvoli qoniqarli bo‘lgan.

Ushbu xabarni izohlar ekan, mutaxassislar keksa yoshda bola ko‘rish ona organizmi uchun og‘ir sinov bo‘libgina qolmay, bolada irsiy kasalliklar paydo bo‘lishiga ham olib kelishini ta’kidladi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada 60 yoshli ayol sog‘lom bolani dunyoga keltirdi