Moskvaning Tverskoy tuman sudi namoyish ishtirokchisi Dmitriy Reznikovni «*** *****» belgisi tushirilgan qog‘oz ko‘tarib chiqqani uchun Rossiya qurolli kuchlarini obro‘sizlantirish moddasi bo‘yicha 50 ming rubl jarimaga tortdi.
Reznikov 13 mart kuni hibsga olingan. U bir kishilik piketda uchta va besh yulduzni ko‘rsatadigan plakat bilan qatnashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon xavfsizlik kuchlari Rossiyada namoyishlarga chiqqan 15 mingdan ortiq kishini hibsga olishgan.
Shu yilning 4 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari haqida «feyk» tarqatish va ularni obro‘sizlantirish uchun jazolovchi qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, ma’muriy javobgarlik belgilanganda maksimal jarima 100 ming rublni tashkil etadi, jinoiy javobgarlikka tortilganda esa 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...