Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishga hali erta ekanini aytgan. Bu haqda Italiya bosh vaziri Mario Dragi ma’lum qildi.
Italiya bosh vaziri Putin bilan telefon muloqotida tilga olingan masalalarning ba’zilariga OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida to‘xtaldi: «Ukraina mavzusida ba’zi masalalarni prezident Zelenskiy bilan muhokama qilish zarurligini gapirdim, ammo Putin bunga hali erta ekanini aytdi», deb Dragining so‘zlarini keltirgan La Stampa.
Italiya bosh vazirining aytishicha, telefon suhbati davomida Putin o‘t ochish rejimini to‘xtatish uchun muddat «pishib yetilmagani»ni ta’kidlagan. Jurnalistlar Dragidan Putin vaziyat haqida nima o‘ylayotganini ham so‘rashdi. Italiya yetakchisi esa bir soatga ham bormagan suhbat bu borada xulosaga kelish uchun yetarli emasligini aytgan.
Dragiga ko‘ra, Rossiyadan gaz sotib olish dollar yoki yevroda amalga oshirilaveradi: «Mavjud shartnomalar o‘z kuchida qoladi, Yevropa kompaniyalari Rossiyadan gazni dollar yoki yevroda sotib olaveradi. Moskva aytayotgan rublda to‘lov talabi texnik masala. To‘lovni dollardan rublga o‘tkazish Rossiyaning ichki ishi», degan Dragi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi