Yevropa mamlakatlari 100 ga yaqin rus diplomatini chiqarib yubordi

Yevropa mamlakatlari 100 ga yaqin rus diplomatini chiqarib yubordi
Foto: «Caliber»
Bugun Yevropaning qator mamlakatlari rossiyalik diplomatlarni o‘z hududidan chiqarib yuborishini ma’lum qildi.

TASS yozishicha, chiqarib yuborilgan diplomatlar soni 100 nafar atrofida.

Italiya — 30 nafar, Ispaniya — 25, Daniya — 15, Estoniya — 14, Latviya — 13 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishini ma’lum qildi.

Latviya mamlakatdagi ikkita rus konsulxonasini, Estoniya esa Narvada joylashgan Rossiya bosh konsulxonasini hamda Tartudagi elchixona kanselyariyasini yopishini e’lon qildi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar