
10 aprel kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti urush boshlanganidan beri Ukrainada 1793 nafar tinch aholi, jumladan 142 bola halok bo‘lganini ma’lum qildi. Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Izyum hududidagi mudofaani yorib o‘tishga, Mariupol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga va Nikolayev yo‘nalishidagi bo‘linmalarning taktik pozitsiyasini yaxshilashga urinmoqda.
Rossiya bosqini boshlangandan buyon Vladimir Zelenskiy qo‘liga qurol olib mamlakat himoyasiga tayyorligini bildirgan 363 mahkumni afv etdi. Meduza urushning 46-kuni aks etgan asosiy fotosuratlarni jamladi.

Kiyev viloyatining Buzovaya qishlog‘ida politsiya xodimlari yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi quduqdan tinch aholi vakilining jasadini tortib olmoqda. Qishloq rahbarining so‘zlariga ko‘ra, erkak rus askarlari tomonidan o‘ldirilgan.
Foto: Reuters

Xarkovdagi vayron qilingan besh qavatli turar joy
Foto: AFP

Kiyevlik qiz shahar chetida
Foto: EPA

Ukrainaning Lukashovka qishlog‘ida sigir dalaga qulagan raketaga qarab turibdi.
Foto: Getty Images

Sapyorlar Kiyev viloyatining Motijin qishlog‘i yaqinida portlamay qolgan snaryadlarni yo‘q qilmoqda. Snaryadlar Rossiya armiyasi bosqinidan keyin topilgan.
Foto: Reuters

Lugansk yaqinidagi front chizig‘ida ukrainalik artilleriyachi «Grad» baravar o‘t ochish tizimni shaylamoqda.
Foto: AFP

Ukrainaning «Grad» tizimi rus qo‘shinlarining Lugansk yaqinidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutmoqda.
Foto: AFP

Pervomayskdagi rus gaubitsalari, LXR.
Foto: «TASS»

Kiyev viloyatining Borodyanka shahrida yashovchi keksa ayol bino vayronalari ostidan o‘g‘lini qidirib yig‘lamoqda.
Foto: Reuters

Kiyev viloyatining Makarov posyolkasidagi cherkovda usti yopib qo‘yilgan xoch. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri kamida 59 ta diniy obidalar (ularning aksariyati pravoslav) vayron qilingan yoki shikastlangan.
Foto: AP Photo

Xarkovda yashovchi juftlik
Foto: Reuters “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar