Uchuvchisiz jangovar samolyotlar ishlab chiqaruvchisi Selchuk Bayraktar rafiqasi Sumayya Erdo‘g‘on bilan Ayo Sofiyada kamtorona iftorlik qilgani bilan ijtimoiy tarmoqlar e’tiboriga tushdi.
Ha, o‘sha mashhur harbiy dronlar asoschisi, mudofaa sanoati tadbirkori Selchuk Bayraktar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kuyovi hisoblanadi.
Selchuk Bayraktar o‘zi kim va u qanday qilib bu qadar mashhurlikka erishgan?
Bolaligi
Selchuk Bayraktar 1979 yil 7 oktabrda Istanbulning Sariyer tumanida tug‘ilgan turk muhandisi va tadbirkoridir. U Turkiya texnologiya jamoasi fondining asoschisi, Baykar turk texnologiya kompaniyasining bosh direktori va Turkiyaning birinchi mahalliy ekspluatatsion uchuvchisiz havo vositalari tizimlarining me’moridir. Selchuk Bayraktarning otasi O‘zdemir Bayraktar 1984 yilda Baykar nomi bilan atalgan turk aerokosmik firmasini tuzgan. Katta ehtimol bilan Selchukning aynan otasi ta’sirida aero-texnologiyalarga qiziqishi ortib borgan. Bu keyinchalik uning faoliyatiga ham yaqqol o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
Ta’lim
O‘qishni Sariyerdagi boshlang‘ich maktabda boshlagan Bayraktar keyinroq ta’limni Istanbuldagi Robert College maktabida davom ettirdi. U yerni tugatgach, Istanbul texnika universitetining Elektronika va aloqa muhandisligi bo‘limida oliy ta’limni boshladi.
Tillarni yaxshi bilgan va fitratan izlanuvchan Selchuk talabaligidayoq AQSHning Pensilvaniya universiteti maxsus loyihalaridan hisoblangan GRASP laboratoriyasidan stipendiya yutib oldi. Mazkur universitetda 2004 yilda magistrlik darajasiga erishdi. Uning magistrlik ilmiy tadqiqoti aynan uchuvchisiz harbiy robotlar bilan bog‘liq edi.
Bu ish ko‘plab yetakchi universitetlarning e’tiborini tortdi. Selchukga Massachusets texnologiyalar instituti tomonidan grand taklif qilindi.
Aerokosmik dasturiy ta’minot muhandislari, professorlar Jorj Pappas va Erik Feron rahbarligida o‘qishni davom ettirgan Bayraktar uchuvchisiz vertolyot tizimlarini avtonom, agressiv manyovr qilish bo‘yicha tadqiqoti bilan ikkinchi magistrlik darajasini oldi.
Mehnat faoliyati
Ikki magistrlik ishini muvaffaqiyatli yakunlagan Selchuk Bayraktar 2007 yilda Turkiyaga qaytib keldi. So‘ngra Baykar kompaniyasining bosh texnologiya direktori bo‘ldi.
Uning rahbarligida Baykar, Bayraktar Mini UAV (uchuvchisiz uchish vositasi), Bayraktar TB2, Bayraktar VTOL va Bayraktar Akıncı kabi Turkiyaning birinchi mahalliy uchuvchisiz uchish vositalari ishlab chiqildi.
Selchukning dronlari Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi operatsiyalarda, Suriya fuqarolar urushida, Ikkinchi Liviya fuqarolar urushida, Ikkinchi Tog‘li Qorabog‘ hamda Ukrainadagi mojarolarda ishlatilib, katta nom qozondi.
2021 yil mart oyida Bayraktar yangi UUV modeli — Bayraktar TB3 chiqarganini e’lon qildi. Bayraktar 2023 yilda birinchi mahalliy uchuvchisiz qiruvchi samolyotning parvozini amalga oshirish maqsadini e’lon qilgan. Bundan tashqari, uning boshchiligidagi yana bir muhim loyiha — Turkiyaning birinchi uchar avtomobili Baykar Cezeri hisoblanadi.
Oila
Selchuk Bayraktar 2016 yil mart oyida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning kenja qizi Sumayya Erdo‘g‘on bilan unashtirilib, may oyida nikohini rasmiylashtirdi. U amaldagi prezidentning Bosh vazirligi paytidayoq bu oila bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatgani ma’lum. Bu nikoh Selchukni hukumatga yanada yaqinlashtirgan bo‘lsa-da, u ommaviy chiqishlarda juda kam ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi