07:30 / 28.05.2022
1 664

Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi

Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi
Qanday oziq-ovqatlar nonushta uchun ko‘proq foydali? Bu borada parhezshunos salomatlik uchun yengil va foydalilarini ma’lum qildi.
Nonushta ovqat iste’mol qilishning eng muhim davri hisoblanadi. Tongda iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz tarkibida barcha asosiy nutriyentlar- oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, shuningdek kletchatka bo‘lishi shart deydi shifokor-parhezshunos, gastroenterolog Nuriya Dianova Sputnik radiosiga bergan intervyusida. Tuxum, non va sabzavotlardan foydali va hamyonbop nonushta tayyor bo‘lishi mumkin.

Agar nonushtada asosiy mahsulot tuxum bo‘lsa, bu yaxshi. Chunki u hayvon oqsillarining eng yaxshisi. U tez hazm bo‘ladi va dengiz mahsulotlari, tvorog va go‘shtga qaraganda ancha hamyonbop. Nonushtada ayollar bitta, erkaklar esa ko‘pi bilan ikkita tuxum iste’mol qilishi mumkin. Shu bilan birga oq emas, balki javdar non iste’mol qilish lozim. Tuxum bilan sabzavotli turli yengil ovqat yoki salat iste’mol qilish ham yaxshi. Aytaylik, uyda tayyorlangan lecho, sabzavotlar, tuzlangan karam. Bu ideal va qimmat bo‘lmagan nonushta”.

Parhezshunosning aytishicha, erkaklar uchun eng foydali nonushta dimlab pishirilgan pomidor qo‘shib tayyorlangan omlet bo‘lishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, pomidor tarkibidagi likopin moddasi prostata bezi faoliyatiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Suli bo‘tqasi - yana bir foydali mahsulot. To‘yimli bo‘lishi uchun uni mevalar: banan, olma, apelsin yoki pishloq bilan iste’mol qilish mumkin.

Nonushta tayyorlashda dangasalar uchun esa myusli eng yaxshi variant. Tarkibida quritilgan banan, rezavorlar solingan myuslini tanlash kerak. Yogurt, sut, tuxum, pishloq va kletchatka uchun banan bilan iste’mol qilish mumkin.

Parhezshunos qiyomli yormalarni nonushtada iste’mol qilishni tavsiya qilmaydi. Chunki ular ochlik hissini tez chaqiradi va qonda glyukoza miqdorini oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Parhezshunos erkaklar uchun foydali nonushtani aytdi