22:12 / 17.04.2016
46 798

Qaysi burjdagilar boy bo‘lish fazilatiga ega?

Qaysi burjdagilar boy bo‘lish fazilatiga ega?

Qo‘y. Badavlat bo‘lishingiz mumkin, lekin hammadan o‘zib ketishga, kamida boshqalardan ortda qolmaslikka intilish tufayli pul qo‘lingizda ko‘p saqlanmaydi. Pulni saqlab qolib, ko‘paytirish – bu Sizga to‘g‘ri kelmaydi, pul topgandan keyin sarflash kerak-da, qabilida yashash - mana bu Sizga xos.

Buzoq. "Hech qachon istaganingcha pul topolmaysan", mana bu Sizning shioringiz. Mashina, dala hovli, dang‘illama uy - hammasiga ega bo‘lsangiz ham, nimadir etishmayotgandek tuyuladi. Axir pulning ko‘pi bo‘ladimi?! Ishga mukkasidan ketib, uncha-muncha pul topishingiz mumkin, lekin daromad kam-kamdan keladi.

Egizaklar. Pul topish borasida boshingizda minglab usullar tayyor. Dalollik qilish, avto, gazeta-jurnal sotish sizga to‘g‘ri keladi. Pulni havoga sovurish Sizga xos, shu bilan birga havodan pul qilish ham qo‘lingizdan keladi. Ertalabdan kechgacha ishlagandan ko‘ra, kam vaqt sarflab, tez-tez pul topish Sizning jonu dilingiz.

Qisqichbaqa. Sizga kelajak uchun pul jamlab qo‘yish, biron yumush uchun gilam ostiga pul tashlab qo‘yish oddiy xol. Pul siz uchun moliyaviy barqarorlik, tayanch demakdir. Oilaviy pudrat Sizga eng maqbul usul ko‘rinadi: non yopish, enaga bo‘lish ham yomonmas. Eng muhimi, pulni uyga tashish – kamida qoplab.

Arslon. O‘yin, lotereya, bayramona tomoshalarga pul sarflash yoqadi. Reklama, taqdimot, oilaga – bola-chaqaga pul ko‘plab sarflanadi. Zebu zarga, zargarlik buyumlariga sarmoyangizni ayamaysiz. Bunday ketaverishda pul hech narsaga etmaydigandek tuyuladi. Lekin saxiy qo‘lga pul ham tez yopishaveradi.

Parizod. Juda xasis va mayda-chuydaga ahamiyat beradigan odam. Agar ishchilarga kam pul to‘lasam, ular qancha chidaydi, qabilida ish yuritish xosdir. Bilimga, kitoblarga, yangi narsalarni o‘rganishga pul ayamaysiz. Pul topish uchun ishlash kerak, mana Sizning shioringiz.

Tarozi. Sherikchiliksiz pul topish mushkul. Bir o‘zingiz topgan pulingizdan ko‘proq sarflab yuborasiz. Deyarli hamma narsa uchun haq to‘lash zarur. Shuning uchun homiy sherik topganingiz ma’qul. Pulli bo‘lgandan ko‘ra nufuzli bo‘lgan afzalroqdir. Shu qabilida ish yuritasiz, zero, nufuz ham mablag‘ keltirishi mumkin.

Chayon. Asosiy sarmoyangiz kreditda. O‘zgalarning pulini hech kim Siz kabi oson sarflamaydi. Sug‘urta badallari, korporativ fondlar Sizga to‘g‘ri keladi. Boy meros olishingiz ham hech gapmas. Tavakkalchilikka qo‘l ursangiz ham o‘ylab ish ko‘ring. Shunda pulingiz ham bo‘ladi, qarzingizdan ham qutulasiz.

O‘qotar. Maydalashib o‘tirmaydi. Ko‘p pul sarflash jonu dili. Ular hatto og‘ir kunlar (karmondagi pul nuqtai nazaridan) qanday bo‘lishini bilishmaydi ham, o‘z boshiga tushguniga qadar. Turizm, eksport-import, xalqaro huquq kabi sohalarni yaxshi o‘zlashtiradi. Mana shundan pul daryo kabi oqib keladi.

Tog‘ echkisi. Nima uchun aynan men – bu savol Sizni qiynab keladi. Barcha qiyinchiliklar, pul etishmasligi faqat Sizning peshonangizga yozilgandek. Hashamatni yoqtirmasligingiz uchun shundaydir, balki. Axir pul ham uni yoqtirganlarga keladi. O‘zingizni cheklab yashagandan ko‘ra maza qilib hayot gashtini sursangiz-chi!

Qovg‘a. Do‘stlaringiz orqali boylikka erishishingiz mumkin. Kutilmagan ixtirolar, xayolga sig‘mas g‘oyalar orqali mablag‘ topishingiz mumkin. O‘ziga xos boylik orttirish yo‘llari ham o‘z nafini beradi. Umuman olganda jadal texnologiyalar Sizning daromad manbaingiz hisoblanadi.

Baliq. Xayolot olamida yashash zararli emas, albatta, lekin bu bilan daraxt ko‘karmaydi. Pulini gadoy va tilanchilarga tarqatish uchun avval uni yaxshigina taxlab qo‘yish lozim. Neft yoki tabiiy gaz bilan ishlash yaxshigina daromad keltirishi mumkin. Katta sarmoya katta xayriyaga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qaysi burjdagilar boy bo‘lish fazilatiga ega?