Foto: Marie Claire
Marie Claire nashri qisqa vaqt ichida uyga shinam va ozoda ko‘rinish berishga yordam beradigan maslahatlar bilan bo‘lishdi.
Afsuski, har doim ham kvartirani tez-tez tozalashga vaqt bo‘lmaydi. Ish, shaxsiy hayot va kundalik vazifalar ro‘yxati doimiy ravishda ko‘payib boradi. Mehmon kutishmi yoki kvartiradagi tartibsizlik, albatta, tozalash vaqti ertami-kechmi keladi. Quyidagi bir nechta maslahatlar uy ishlarin amalga oshirishga yordam beradi, buning natijasida zarur va muhim vazifa unchalik dahshatli va imkonsiz bo‘lib ko‘rinmaydi.
Tozalashni hammomdan boshlang
Nega bu xonadan tozalashni boshlash kerak? Javob oddiy: ko‘pincha bu yerda maksimal kimyoviy moddalar va yuvish vositalaridan foydalanish mumkin. Rakovina va hammom yuzalaridan barcha idish va boshqa aksessuarlarni olib tashlash, ularni shkafga joylashtirish bilan vaqt tejaladi. 10 daqiqadan so‘ng hamma narsa suvda namlangan mato bilan yuvilish kerak. Shuningdek, sochiqlarni kir yuvish mashinasiga qo‘yish va bu vaqt davomida boshqa ishlar bajarish mumkin.
Ishni oshxonada davom ettiring
Oshxonadagi yuvilmagan idishlar darhol ko‘zga tashlanadi va kayfiyatga ta’sir qiladi. Agar uyda idish yuvish mashinasi bo‘lsa, unda bu muammoni osongina hal qilish mumkin. Ammo har safar o‘nlab idishlarni qo‘lda yuvish kerak bo‘lsa, unda ular uchun hammom tayyorlash kerak: Rakovinani iliq suv bilan to‘ldirib, unga barcha idishlar solinadi. Qisqa vaqtga qoldirib, gaz, pech va stol ustini tezda tozalash mumkin, so‘ngra rakovinadagi idishlar yuviladi.
Xonalarni suratga oling
Uyda ishni nimadan boshlashni bilmay turgan bekajonlar uchun ajoyib tavsiya. Shunchaki qo‘l telefoni yordamida uyni suratga olish lozim. Odatda ayollar suratni sinchikovlik bilan tomosha qiladi. Ana shu vaqtda uydagi asosiy ishlar ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Har bir xonaga ikkita paket qo‘ying
Boshqa xonalarni tozalashdan avval ikki dona paket olib kirish lozim. Dastlab xonadagi ishlatilmaydigan katta chiqindilar ajratib olinadi. Shunda xonada keraksiz buyumlar soni kamaydi. Asosiysi keraksiz narsalarni kvartiraning bir burchagidan boshqasiga o‘tkazmaslik. Chiqindilarni yig‘ib olish bilanoq aslida uy tozalash unchalik ko‘p energiya talab qilmasligi seziladi.
Yotoq xonani tartibga keltiring
Bu ishning bolalikdan o‘rgatilishi ajablanarli emas: ertalab qilish kerak bo‘lgan birinchi narsa — yotoq o‘rnini tartibga keltirish. Bu bilan xonada katta o‘zgarish yuz beradi va deyarli ortiqcha ish qolmaydi.
Mehmonlar tashrif buyuradigan xonalarga e’tibor qarating
Ko‘pincha mehmonlar kelishidan bir soat oldin bu haqida bilib qolish tozalash ishlarini boshlashga sabab bo‘ladi. Bunday holatda hamma xonani birdaniga tozalash shart emas. Shunchaki hammom, yo‘lak, oshxona va mehmonxonaga e’tibor qaratish kifoya.
Changyutkichdan unumli foydalaning
Uy tozalashda changyutkichdan unumli foydalanish mumkin. U deraza va mebel yuzalariga chang tarqalishining oldini oladi va ishni birozga kamaytiradi. Ayniqsa, changyutkichning turli moslamalari tozalash qiyin bo‘lgan joyni ham changlardan osongina xalos qiladi.
Barcha yuzalarni artib oling
Uy hamisha tartibda bo‘lsa ham, yuza va derazalarni artish lozim. Chang va derazadagi yomg‘ir dog‘lari toza uyning belgisi emas. Ushbu ishlarni amalga oshirish ko‘p vaqt talab etmaydi. Aksincha, musiqa eshitib yoki telefonda suhbatlashib ham ushbu ishlarni bajarish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSH razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
Shavkat Mirziyoyev «Yashil makon» umummilliy loyihasining yangi bog‘ida ko‘chat ekdi (foto)
Galaktikalar to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan zarba to‘lqinlari Yerda ham sezildi
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi