1 259
Yangi yilda ayollarga nima sovg‘a qilish mumkin? Hammaga birdek manzur bo‘ladigan tavsiyalar (foto)
Foto: Lifehacker
Yangi yil bayrami arafasida tabiiyki, barcha yaqinlar bir-biriga sovg‘a ulashadi. Shu o‘rinda, ayollar uchun ham ham foydali, ham kutilmagan hadyalar taqdim etish kerak. Lifehacker nashri ayollarga yoqishi mumkin bo‘lgan bir necha xil sovg‘alarni tavsiya etdi.
Smartfon
Foto: Lifehacker
Bayram tongida archa daraxti ostida yangi smartfon topishdan ko‘ra yoqimli narsa bo‘lmasa kerak. Sovg‘a biroz qimmat bo‘lishi mumkin, lekin ayollar bunga arziydi.
Robot changyutkich
Foto: Lifehacker
Bu nafaqat yoqimli, balki foydali sovg‘a hamdir. Aqlli changyutgich uydagi tozalikni saqlashni soddalashtiradi va vaqtni tejab, boshqa sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga imkon yaratadi.
Fen yoki multistayler
Foto: Lifehacker
Har qanday ayol soch parvarish qilish qurilmasi uchun minnatdor bo‘lishi tabiiy. Axir ayol kishiga hamisha sochini quritishi, jingalak yoki tekislashi, umuman turmaklashi uchun bu kabi jihozlar kerak.
Kofe qaynatgich
Foto: Lifehacker
Har qanday ayol yaxshi qahva qaynatgichni qadrlaydi. Bunday qurilma butun kun davomida tetiklik bilan ta’minlaydigan mazali ichimlik bilan xursand qiladi.
Taqinchoqlar uchun quti
Foto: Lifehacker
Chiroyli uzuk, zirak va boshqa zargarlik buyumlari hech qachon yo‘qolmaydi va ularni tartib bilan saqlash mumkin.
Shamdonlar
Foto: Lifehacker
Chiroyli shamdonlar xonani bezatadi va uyning dizayniga ifodali urg‘u beradi. Bunday sovg‘ani bayram paytida darhol sinab ko‘rish mumkin.
Oshxona buyumlari to‘plami
Foto: Lifehacker
Qutidagi chiroyli idish-tovoqlar to‘plami har qanday ayol tomonidan qadrlanadi. Shuningdek, ular yordamida bayramona dasturxonni ajoyib tarzda bezatish mumkin.
Qo‘lqop va sharf
Foto: Lifehacker
Ushbu klassik qishki aksessuarlar issiqlik bilan ta’minlash birga, obrazni ham boyitadi. Ularning charm, zamsh va trikotaj matosidan ishlab chiqarilganlari mavjud.
Massaj qiluvchi uskuna
Foto: Lifehacker
Bu zaruriy narsa emas deyish mumkin, ammo uni sinab ko‘rgandan so‘ng ko‘pchilik o‘z fikrini tubdan o‘zgartiradi. Oyoq, bo‘yin yoki butun organizm uchun massaj qiluvchi uskuna mushaklarni cho‘zishga, dam olishga va kun davomida to‘plangan charchoqni ketkazishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Manba: DXX raisi Abdusalom Azizov lavozimidan olindi
Elektrdan foydalanib pulini to‘lamagan fermer xo‘jaligining kombayni xatlab qo‘yildi
Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi