17:23 / 06.03.2023
533

Shamollashni tezda davolash choralari bo‘yicha sinalgan tavsiyalar

Shamollashni tezda davolash choralari bo‘yicha sinalgan tavsiyalar

Shamollash, burun oqishi, yo‘tal, o‘tkir respiratorli infeksiyalar va gripp har qanday vaqtda sizni bezovta qilishi mumkin. Ammo qayerda bo‘lsangiz ham, davolanishni zudlik bilan boshlash kerak. Wday nashrida keltirilgan shifokorlar maslahati bu borada sizga yordam beradi.

Tongda

Ertalab qizarib ketgan tomoq va bitib qolgan burun bilan uyg‘ongan bo‘lsangiz, burun va tomoqni chayishni unutmang.

Ovqatdan yarim soat oldin propolis nastoykasi va suvni aralashtirib (5 osh qoshiq suv uchun 1 osh qoshiq propolis nisbatda) iching.

  • Burningizni tuzli suv bilan chaying.
  • Nonushtada limonli choy yoki naʼmatak damlamasini iching.
  • Dori vositalaridan steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar yordamga keladi. Uydan chiqishdan oldin burunga tomchilar tomizing.

Shamollash vaqtida taomlanish

  • Sabzi. Karotin normasini to‘ldirish uchun ismaloq, bulg‘or qalampiri va xurmo kabilarni isteʼmol qiling.
  • Go‘sht. Mol go‘shti jigari, pishloq, baliq yog‘i tanani omega-3 kislotalari va A vitamini bilan to‘ldiradi.
  • Qora smorodina. kivi, apelsin, tuzlangan karam, naʼmatak damlamasi yo‘qotilgan C vitaminning o‘rinini to‘ldiradi.
  • Dengiz mahsulotlari. Yoki unib chiqqan bug‘doy va buzoq jigari rux normasini tiklashga yordam beradi.

Kun mobaynida

Bezovtalik ish vaqtida boshlangan bo‘lsa, kechqurun bo‘lishini kutmasdan zudlik bilan davolanishni boshlang.

Askorbin kislotasi birinchi yordamni taʼminlaydi. Ammo tabletkalarni ishlatmang, lekin qonga tezroq kirib boradigan va och qoringa qabul qilinganda zarar keltirmaydigan kukundan qabul qiling. Davolanishda sizga 1 g askorbin kislota kerak bo‘ladi: kukundan bir choy qoshiq miqdorda limonli yoki oddiy choyga aralashtirib ichish mumkin.

Agar ish joyida tomoqni chayqashning iloji bo‘lmasa, masalan, mentolli yod asosidagi ingalyatsion spreyi yordamga keladi.

Oqshomda

Foto: Wday

Kechqurungi vaqtda o‘zingizga naʼmatak, qora smorodina, oblepixa, asal va limonga asoslangan shifobaxsh damlamalarning boy tanlovini taklif eting.

Bu muhim: shamollash vaqtida issiq vannalar qilish tavsiya etilmaydi, bu paytda tanaga faqat quruq issiqlik lozim. Namlik bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Bizning vazifamiz esa ularning sonini imkon qadar kamaytirishdir. Lekin siz oyoqqa xantalli vanna qilishingiz mumkin. Issiq suvga 2 osh qoshiq quruq xantal solib aralashtiriladi, oyoqlarga vanna qiling. Vaqti-vaqti bilan issiq suv qo‘shib, 15-20 daqiqa ushlab turing. Parvarishdan so‘ng oyoqlaringizni sochiq bilan yaxshilab arting, quruq paypoq kiying.

Yotishdan oldin bitta piyolaga sarimsoq yoki piyozning bir nechta boshini archib maydalab, yotoq yoniga qo‘ying.

Shamollashni davolash uchun dorilar

Foto: Wday

Askorbin kislotasi. 5 kun davomida kuniga 2-4 g (ertalab va tushdan keyin 1-2 g) askorbin kislotasidan foydalanish tiklanishga yordam beradi.

Burun bitganda foydalaniladigan spreylar va tomchilar. Dengiz suvi yoki yog‘larga asoslangan preparatlardan foydalaning. Burunni yuvish yallig‘lanishni kamaytiradi, burun oqishi, burundan nafas olishni yaxshilaydi. O‘simlik preparatlaridagi tomchilar o‘tkir rinitda yordam beradi. Bir haftadan bir oygacha qo‘llanishi mumkin.

Bugungi kunda samaradorligi isbotlangan shamollashga qarshi aniq bitta preparat yo‘q. Antitanalarni ishlab chiqarish va virusni tanadan yo‘q qilish uchun maʼlum vaqt kerak bo‘ladi. Uning davomiyligi ham isteʼmol qilinadigan qalampir, sarimsoq piyoz, limon va boshqa “mo‘jizaviy yeguliklar” miqdoriga bog‘liq emas. Shu sababli shamollashni 7 kun dori bilan, bir hafta dorilarsiz davolaydi, degan mashhur ibora hozir ham to‘g‘ri bo‘lib qolmoqda.

O‘tkir respiratorli infeksiyalarni samarali davolash uchun organizm uchun terapevtik va himoya rejimi deb ataladigan tez tiklanish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kerak. U quyidagi oddiy qoidalardan iborat:

  • Yetarli uyqu;
  • Muvozanatli ovqatlanish;
  • Yetarli ichimlik ichish rejimi;
  • Xonani tez-tez shamollatish;
  • Agar lozim bo‘lsa, simptomatik dorilarni qo‘llash.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shamollashni tezda davolash choralari bo‘yicha sinalgan tavsiyalar