To‘shakda u yondan bu yonga o‘girilib uxlab qolish uchun kurashyapsizmi? “Chorak soat” qoidasi siz hamma narsani noto‘g‘ri bajarayotganingizni ko‘rsatadi va atigi 15 daqiqada uxlab qolish biroz boshqacha yo‘l tutish ham mumkin.
Ekran qarshisida ishlab o‘tkazilgan, yo‘lda yoki tashvishlar bilan o‘tgan uzoq kundan keyin uxlab qolish oson emas. Garchi uxlashni qattiq xohlayotgan bo‘lsangiz ham.
Uxlab qolish muammosi bo‘ladimi yoki to‘g‘ri uyqu siklini saqlab bo‘ladimi farqi yo‘q — odamlarning katta qismi kerakli darajada uxlay olmaydi. Depressiya, tashvish va stress kabi omillar ko‘pincha odamning darhol uxlab qolishiga to‘sqinlik qiladi. Va aksincha, uyqusizlik shunga o‘xshash oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Uyqusizlik sog‘liq muammolariga, jumladan, kognitiv muammolarga, depressiyaga, diabet va yuqori qon bosimi xavfining oshishiga va vazn ortishiga hissa qo‘shadi.
Ko‘z ochib yumguncha uxlab qoladigan darajada charchash nayrangi bolalikda ishlagan bo‘lishi mumkin, lekin balog‘at yoshida miya shunchaki hushyor bo‘lishga sozlanadi va horib qolguncha ishlash endi yordam bermaydi. Nima qilsa bo‘ladi? To‘shakda “qo‘ylarni bekorga sanash”dan charchagan bo‘lsangiz, tezroq va samaraliroq uxlab qolishingizga yordam beradigan usul mavjud.
“Chorak soat” qoidasi agar uyqusizlikni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, to‘shakda uyquni kutib shiftga qarab yotishni rad etadi. Buning o‘rniga sizdan 15 daqiqa turishingiz va charchaganingizni his qila boshlaganingizda uxlashingiz tavsiya etiladi. Va bu chorak soat qoidasi deb atalsa-da, soatga har daqiqa qarashingiz shart emas. Vaqt oralig‘ini 15 daqiqaga baholang va bu vaqtni uyqungizni keltiradigan narsalarga sarflang. Ko‘zga uyqu ilinayotganini his qilsangiz, yotoqxonaga qayting va uxlay olasizmi yoki yo‘q, buni o‘ylab ko‘ring.
Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, uyqusizlikka chalinganlar to‘shagida uxlay olmaganda, ular buni hushyor torttirgan nuqta bilan bog‘lashni boshlaydilar. Buning o‘rniga, organizmni charchatadigan narsalarni qilish uchun o‘rningizdan turishingiz va afzalroq boshqa xonaga o‘tishingiz kerak. Tinchlantiruvchi musiqa tinglashga, ko‘p harakat qilmasdan kitob o‘qishga yoki kechasi uxlashingizga yordam beradigan ovqatlarni iste’mol qilishga harakat qiling. Misol uchun gilos, banan va boshqa mahsulotlar mos keladi.
Mutaxassislar tavsiya qiladigan eng muhim choralardan biri — bu uyqudan bir necha soat oldin ekran qarshisida ishlash vaqtini cheklashdir. Ekranlar chiqaradigan zangori nur nafaqat uxlashni qiyinlashtiradi, balki siz ko‘rgan hamma narsa miyangizni tinchlantirishga imkon bermaydi. Har kecha bir xil uyqu vaqtini belgilang va barcha qurilmalaringizni kamida o‘ttiz daqiqa oldin o‘chiring. Kitob o‘qish yoki kundalik yozish kabi tinchlantiruvchi odatlar bilan shug‘ullanishga harakat qiling. Shuningdek, boshqariladigan meditatsiya ilovasidan foydalansangiz bo‘ladi.
Shuningdek, aromaterapiya organizmni chuqur uyquga tortishning ajoyib usulidir. Lavanda, kedr va yasmin kabi aromatlar stressni yengillashtiradi va uxlashni osonlashtiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring