"O‘g‘lim meni tanimay qolmasmikin?" - "Real Sanjik" sudda so‘nggi so‘zini aytdi

Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida tadbirkor, "Real Sanjik" nomi bilan tanilgan Sanjar Karimovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqmoqda.
Sud majlisida so‘nggi so‘zga chiqqan Sanjar Karimov chiqariladigan hukm nafaqat qonun, balki vijdon mezonlari asosida ham baholanishini istashini bildirdi.
U otasi vafotidan to‘rt oy o‘tib qamoqqa olinganini aytib, suddan oilasi bag‘riga qaytish va o‘g‘li bilan yana birga bo‘lish imkoniyatini so‘radi. Karimov hayotini qamoqda o‘tkazish uning uchun juda og‘ir ekanini ta’kidladi.
Tadbirkor uyida onasi, turmush o‘rtog‘i va farzandi uni kutayotganini aytdi. Eng katta xavotiri esa o‘g‘li vaqt o‘tishi bilan uni tanimay qolishi ekanini bildirdi.
"O‘g‘limning "dada" degan so‘zini yana bir bor eshitishni istayman. Iltimos, o‘sha kun bugun bo‘lsin", — dedi Sanjar Karimov suddagi so‘nggi so‘zida.































Izohlar 0
…