21:06 / 13.07.2023
74

Cho‘milganda ko‘zga suv orqali yuqadigan virusli kasalliklardan qanday himoyalanish kerak?

Cho‘milganda ko‘zga suv orqali yuqadigan virusli kasalliklardan qanday himoyalanish kerak?

Yoz oylarida basseyn va ochiq suv havzalarida cho‘milish ko‘payadi. Ko‘p cho‘milish, tabiiyki, suv bilan ko‘zning aloqasiga, ya’ni ko‘zga suv kirishiga olib keladi. Bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida oftalmolog Hikmatullo Sodiqov “Daryo”ga bergan intervyusida o‘z tavsiyalarini berdi.

“Cho‘milgandan so‘ng ko‘zda qizarish, yiring va ajralmalar kuzatilsa, ko‘z uchun maxsus antibiotik tomchi dorilar tomizib yurish tavsiya etiladi. Agar bunga befarq bo‘linsa, keyinchalik ko‘z pardasining yo‘qolishiga va ko‘z namligi susayib ketishiga olib keladi. Afsuski, surunkali jarayonga aylanish xavfi ham bor.

Basseyn va ochiq suv havzalarida cho‘milganda, albatta, ko‘z uchun maxsus himoya ko‘zoynaklarini taqish kerak. Bu suv orqali ko‘zingizga tushishi mumkin bo‘lgan infeksiyalardan asraydi. Chunki suv orqali juda ko‘p infeksiyalar odamdan odamga, hayvonlardan odamga yuqishi mumkin. Masalan, bakterial va virusli konyuktivitlar bor. Bular juda yomon kasalliklar safiga kiradi. Boisi ular yuqumli bo‘lib, bir odamdan ikkinchisiga o‘taveradi. Butun oila a’zolari yuqorida sanalgan bakteriyalarni bir-biriga yuqtirishi mumkin. Mabodo, ko‘zi shamollagan odam cho‘milgan basseynda siz ham cho‘milsangiz, bilingki, u sizga va siz orqali oila a’zolaringizga yuqishi mumkin.

Zararli konyuktivitlar ko‘zning xiralashishiga olib keladi. Bu ko‘z shohpardasida chandiqlar hosil qiladi.

Agar ko‘zingizda surunkali qizarish va shamollashni sezsangiz, ko‘z shifokoriga, albatta, murojaat qiling”, — dedi Hikmatullo Sodiqov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Cho‘milganda ko‘zga suv orqali yuqadigan virusli kasalliklardan qanday himoyalanish kerak?