Tarvuz iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

2 daqiqa o'qish728
Tarvuz iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Avgust — tarvuz mavsumi. Ushbu sersuv poliz mahsuloti dasturxonimizda tez-tez mehmon bo‘ladi. Trener-diyetolog Aleksandra Morozova tarvuz salomatlikka qanday ta’sir qilishi haqida so‘zlab berdi.

Tarvuzning sog‘liq uchun foydalari ko‘p. U yurak mushaklariga foydali ta’sir ko‘rsatadigan va qon bosimini normallashtiradigan likopenni o‘z ichiga oladi. Muntazam ravishda tarvuz iste’mol qilish metabolizmni normallashtirishga yordam beradi. Bu qandli diabetga chalinganlar shifokor bilan maslahatlashishi kerak bo‘lgan qandli ovqatlar turiga kiradi.

Tarvuzning qanday foydasi bor?

U diuretik ta’sirga ega va ko‘pincha buyraklarni “yuvish”, shuningdek, tabiiy usulda shishdan xalos bo‘lish uchun tavsiya etiladi. Ammo bu mahsulotni iste’mol qilishda siydik yo‘llarida tosh kasalligi bo‘lgan bemorlar ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Suvli mag‘iz tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar, foliy kislotasi va karotin mavjud.

Tarvuz safro oqimini yaxshilaydi, oshqozon-ichak traktini normallashtiradi va yuzga sog‘lomlikdan darak beruvchi rang beradi. Bu mevaning kaloriyasi past, 100 grammga taxminan 30 kilokaloriya.

Shuningdek, tarvuz mag‘zi ekzema va psoriaz kasalligida terining ta’sirlangan joylariga qo‘llaniladi. Bu noqulaylik va yallig‘lanishni bartaraf etishga yordam beradi, shuningdek, tez shifo beradi.

Hatto, tarvuz po‘stlog‘ining ham o‘ziga yarasha foydalari bor. Ulardan xushbo‘y murabbo tayyorlash mumkin yoki quritib revmatik og‘riqlar va shish uchun qabul qilsa bo‘ladi.

Tarvuz urug‘lari foliy kislotasi va magniyning yuqori miqdori, shuningdek, yog‘li kislotalarga boy. Ular infarktning oldini olishga yordam beradi, chunki ular xolesterin darajasini pasaytiradi.

Go‘zallikka qanday ta’sir qiladi?

Tetiklantiruvchi niqoblar meva pulpasidan tayyorlanadi. Ulardan keyin teri yumshoq va yorqin bo‘ladi.

Tarvuz urug‘i yog‘i kosmetika sanoatida qo‘llaniladi. Uning tarkibida ko‘p miqdorda E vitamini va antioksidant ta’sirga ega bo‘lgan va terini yoshartiruvchi kislotalar mavjud. Tarvuz urug‘i moyiga asoslangan preparatlar ajinlarni sifatli tekislaydi, oqartiradi va ko‘z ostidagi qora doiralardan xalos bo‘lishga yordam beradi. U sochni parvarish qilish uchun ham qo‘llaniladi, keratin sochlarni serjilo qiladi. Bo‘yalgan va zaiflashgan sochlarni parvarish qilish uchun bunday muolajalarni bajarish tavsiya etiladi.

Agar tarvuzni muntazam iste’mol qilsangiz, u organizmga katta foyda keltiradi. Agar sog‘lig‘ingizda muammolar kuzatilsa, hech qanday holatda professional tibbiyot yordamidan bosh tortmang!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?