15:26 / 29.08.2023
160

Doimiy stress, notinch uyqu va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan boshqa zararli odatlar

Doimiy stress, notinch uyqu va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan boshqa zararli odatlar

Foto: Marie Claire

Kundalik odatlar bosh og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? Bu nafaqat kundalik tartib va ​​ratsionga, balki suv iste’moli yoki kompyuter bilan bog‘liq, deb yozadi Marie Claire.

Doimiy stress

Stress eng keng tarqalgan migren qo‘zg‘atuvchilaridan biri deb ataladi. Ishda uzoq vaqt ishlash yoki stressni keltirib chiqaradigan biror narsa bo‘lishi mumkin. Ular bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atadi yoki kuchaytirib yuboradi. Ba’zida antidepressantlar va psixoterapiya stressni kamaytirishga yordam beradi. Stressni boshqarishni o‘rganish va organizmning unga bo‘lgan munosabati — undan butunlay xalos bo‘lishga urinishdan ko‘ra amaliyroqdir. Meditatsiya, yoga va progressiv dam olish usullar kabi stressni yengillashtiradigan mashg‘ulotlarni sinab ko‘rish lozim.

Notinch uyqu

Foto: Marie Claire

 Juda kam yoki ko‘p uyqu migrenga olib kelishi mumkin. Agar dam olish kunlarida ham doimiy uyqu jadvali saqlansa, bu sog‘liq uchun foydali bo‘ladi. Shuningdek, uyqu sifati ham muhim. Oddiy yechim — yotishdan oldin gadjetlardan foydalanmaslik, chunki ularning nuri uyquga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Bundan tashqari, yotishdan uch soat oldin ovqat yemaslik va spirtli ichimliklar ichmaslik lozim.

Oziq-ovqat va suyuqlik yetishmasligi

Foto: Marie Claire

Juda och qolish natijasida gipoglikemiya yoki qonda shakar pasayishi mumkin. Bo‘sh oshqozon qon tomirlarining kengayishiga yoki spazmga olib keladi, bu esa migrenni qo‘zg‘atadi. Bundan tashqari, ochlik hissi organizmdagi stress darajasini ham oshiradi. Suyuqlikni yetarli darajada iste’mol qilish ham muhimdir. Suvsizlanish past qon bosimiga olib kelishi mumkin, bu ham migrenga sabab bo‘ladi, shuning uchun suv ichishni unutmaslik kerak. Suyuqlikni saqlash, shuningdek, migren yoki undan keyin tez-tez paydo bo‘ladigan charchoq bilan kurashishga yordam beradi.

Zararli mahsulotlar

Foto: Marie Claire

 Kofein, qo‘shimcha ta’m beruvchilar (masalan, aspartam), shokolad, soya, pishloqlar va kolbasa kabi ba’zi mahsulotlar migrenga olib kelishi mumkin. Spirtli ichimliklar, ayniqsa qizil sharob ham xuddi shunday ta’sirga ega. Biroq bir vaqtning o‘zida juda ko‘p mahsulotlardan voz kechish yaxshi emas, chunki  ma’lum bir qo‘zg‘atuvchini aniqlab olish zarur. Zararli mahsulotlarni esa imkon qadar kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Kompyuterdan ko‘zoynaksiz foydalanish

Foto: Marie Claire

 Elektron ekranlarning yorug‘ligi ham migren bilan og‘riganlarni bezovta qilishi va og‘riqni qo‘zg‘ashi mumkin. Mobil telefonlar va planshetlar yorqinligini pasaytirib foydalanish yoki maxsus ko‘zoynaklar taqish kerak. Aytgancha, muammo faqat yorug‘likda emas. Ushbu qurilmalardan foydalanganda noto‘g‘ri turish ham og‘riqni keltirib chiqaradi, shuning uchun ularni ko‘z darajasida yetarlicha baland tutishga ishonch hosil qilish va bo‘yin pastga egilib qolmasligi lozim. “Odamlar menga doimo bo‘yin va yelka muammolari bilan murojaat qiladi, bu esa ularning bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi”,— deydi Bostondagi Massachusets umumiy kasalxonasining bosh og‘rig‘i va neyropatik og‘riqlar bo‘limi boshlig‘i, nevrolog Xinlin Cheng.

O‘tkir hidlarga haddan tashqari berilish

Foto: Marie Claire

 Migren bilan og‘riganlarga nafaqat ekran yorug‘ligi, balki baland tovush va o‘tkir hidlar ham ta’sir qiladi. Atir va losionlardagi juda o‘tkir hidlar ham bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘ashi mumkin. Bu kabi ta’sirchan odamlarga odatda atir do‘konlariga borish tavsiya etilmaydi.

Tishlarni ishqalash

Uyquda tishlarni ishqalash jag‘ og‘rig‘iga olib kelishi va bu bosh og‘rig‘i yoki migrenni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zida odamlar stress natijasida bu kabi muammolarga duch keladi. Agar uyqu paytida yoki kun davomida tishlarni ishqalash odati bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozim.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Doimiy stress, notinch uyqu va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladigan boshqa zararli odatlar