12:25 / 16.11.2023
438

Banan po‘stlog‘ini tashlab yubormaslik uchun 6 sabab

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, har kuni dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarining 30 foizi chiqindi sifatida tashlab yuboriladi. Aslida ularning aksariyatini qayta ishlatish mumkin. Buni birgina banan po‘stlog‘i misolida ko‘rib chiqib, so‘zimizga o‘zingiz ham ishonch hosil qilasiz.

Bananni isteʼmol qilib bo‘lganingizdan keyin po‘stlog‘ini chiqindi idishi tomon uloqtirishga shoshilmang. Uning foydali xususiyatlari siz o‘ylagandan ko‘p.

Charm poyabzalni tozalaydi
Banan tarkibidagi kaliy va tabiiy yog‘lar charm poyabzalingizni yangidek ko‘rinishga keltiradi. Poyabzalning ustki qismini po‘stloqning ichki tomoni bilan arting. Natija sizni hayron qoldirishiga shubhamiz yo‘q (ushbu usulni zamsh va lak bilan qoplangan poyabzallarga nisbatan qo‘llash mumkin emas).

Tishlarni oqartiradi

Banan tarkibidagi kaliy tishlarni oqartirish, kalsiy va D vitamini esa ularni mustahkamlash xususiyatiga ega. Banan po‘stlog‘idan kichik bo‘laklar kesib oling va ularni muzlatkichga solib qo‘ying. Har kuni kechqurun bittadan bo‘lakni olib, uning ichki tomoni bilan tishlaringizni bir necha daqiqa davomida tozalang. Shundan keyin ularni odatdagidek yuvib tashlayverasiz.

Qichishishdan xalos bo‘lishga yordam beradi
Banan yallig‘lanishga qarshi va antiseptik xususiyatga ham ega. Chivin yoki biror hasharot chaqqan joyga zudlik bilan surtish uchun malham topa olmasangiz, ushbu soha ustiga banan po‘stlog‘ini ichki tomoni bilan bog‘lab qo‘ying. Yengillikni his qilishingiz kafolatlanadi!

Sirka tayyorlash usuli
Banan po‘stlog‘idan sirka tayyorlash mumkinligi haqida eshitganmisiz? U birozgina achchiq va nordon taʼmga ega bo‘lib, salatlarga o‘ziga xoslik bag‘ishlaydi.

Ko‘zlar ostidagi shishlarni yo‘qotadi
Ko‘zlaringiz ostida paydo bo‘lgan shishlar yoki to‘q rangli “qopchalar”dan xalos bo‘lishni istaysizmi? Bu borada ham sizga banan po‘stlog‘i yordam beradi. Uni o‘rta kattalikda bo‘laklab, ko‘zlaringizni yumgan holda qovoqlar ustiga joylashtiring va 10-15 daqiqa davomida tinch holatda yoting.

 
Choyga xushtaʼm qo‘shimcha bo‘la oladi

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, banan po‘stlog‘i tezroq va tinch uxlashga yordam beradi. Gap shundaki, uning tarkibida tinchlantiruvchi xususiyatga ega magniy elementi mavjud. Banan po‘stlog‘ini sovitkich muzxonasiga solib qo‘ying, uni olib muzdan tushiring va gaz pechida quritib oling (bunga taxminan 1 soat vaqt ketadi). Keyin esa qurigan bo‘laklarni kukun ko‘rinishiga keltiring. Ushbu kukunni choy ichiga solib isteʼmol qilishingiz mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Banan po‘stlog‘ini tashlab yubormaslik uchun 6 sabab