Ortiqcha vazn tashlashda ishtahani bo‘g‘uvchi mahsulotlar iste’moli samarali usul hisoblanadi. Ular foydali bo‘libgina qolmay, butunlay xavfsizdir. Bu haqda “Domashniy ochag” batafsil ma’lumot beradi.
Achchiq qalampir
Achchiq qalampir tabiiy ravishda ishtahani bo‘g‘adi. Uning tarkibidagi kapsaitsin moddasi ishtaha pasayishiga va tushlik yoki kechki ovqatda kamroq ovqatlanishga yordam beradi.
Yalpiz
Yalpizni iste’mol qilishning keragi yo‘q, uning hidi bo‘lsa bas. Olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, ishtirokchilar besh kun davomida har ikki soatda yalpiz iforini hidlagan. Natijada ular hafta davomida ochlikning sezilarli darajada pasayganini qayd etgan. Kunlik kaloriya miqdorini tabiiy va ehtiyotkorlik bilan tushirish uchun shunchaki ovqatdan oldin yalpizni hidlash kifoya qiladi.
Chia urug‘lari
Har qanday tolaga boy oziq-ovqat singari chia urug‘lari ham organizmni to‘qlik hissi bilan ta’minlaydi va ochlikni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu mayda urug‘lar oshqozonga tushgandan so‘ng hajmi o‘n barobarga oshadi va oshqozon hududini to‘ldiradi. Bu esa to‘qlik hissini beradi. Shuningdek, yogurt, jo‘xori uni va quymoq xamiriga chia urug‘laridan qo‘shib iste’mol qilish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish mumkin.
Olma
Pektin, erituvchan tola va suv – olma tarkibida mavjud bo‘lgan barcha foydali moddalar oshqozonni tezroq to‘yintirishga, ochlik hissini kamaytirishga yordam beradi. Ayniqsa, och qolgan vaqtda olma iste’mol qilish ko‘proq vazn tashlashda samarali hisoblanadi.
Suv
Yana bir oddiy qoida: har ovqatlanishdan avval bir stakan suvni oz-ozdan ichish kerak. Suv shunchaki sovuq emas, balki muzdek bo‘lishi yanada foydaliroq. Aks holda tanaga qo‘shimcha kaloriya kerak bo‘ladi va iste’mol qilingan ovqatning ko‘p qismi zaxiraga emas, energiyaga sarflanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring