16:06 / 13.12.2023
231

Qo‘l-oyoqlaringiz har doim muzdekmi? Ularni qanday issiq tutish mumkin?

Qo‘l-oyoqlaringiz har doim muzdekmi? Ularni qanday issiq tutish mumkin?

Foto: Marie Claire

Doimiy muzdek qo‘l-oyoqlar jiddiy xastalik alomati bo‘lishi mumkin. Shifokor qabulida bo‘lishning ayni vaqti ekanini qayd etish bilan birga uy sharoitida qanday qilib ularni issiq tutish yo‘llarini aytamiz, deb yozmoqda “Noviy ochag” nashri.

Tashqarida qanday ob-havo bo‘lishidan qat’iy nazar, qo‘l va oyoqlaringiz hamisha muzdekmi? Yoz paytida ular ko‘p g‘amxo‘rlik talab qilmagani bilan havo sovushi natijasida qo‘l va oyoq barmoqlari issiqqa ehtiyoj sezadi.

Nima uchun qo‘l va oyoqlar sovuq qotadi?

Tanamiz birinchi navbatda qaysi organlarni saqlash lozimligini yaxshi biladi, shuning uchun qon va kislorod bilan ta’minlashda ustuvorlik miya va yurakka beriladi, oyoq-qo‘llarning oziqlanishi “qoldiq tamoyili”ga amal qiladi. Qo‘l-oyoqlaringiz sovuq qotsa, bu hozirgi vaqtda tana butun quvvatini yurakning ish qobiliyatini yaxshilashga qaratganini ko‘rsatadi.

Qanday qilib issiq tutish kerak?

Yurak uchun foydali taomlarni iste’mol qiling. Muammoni hal qilishning eng yaxshi usuli — bu uning manbasi bilan kurashishdir. Bu holda, qon aylanishini yaxshilashga va yurakni oziqlantirishga kirishing: yurak uchun foydali taomlarni tez-tez iste’mol qiling. Yog‘li baliq, yong‘oq, zaytun moyi, meva va sabzavotlar, qizil ikra, banan, qora shokolad, Bryussel karami ayni muddao.

Ziravorlar iste’molini ko‘paytiring

Kurkuma, zanjabil, qalampir va boshqa ziravorlar tana haroratini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi — bizni qo‘lqop yoki paypoq kabi issiq tutadi.

Suyuqliklarni qaynoq holda iching

Sovqotgan bo‘lmasangiz ham, bir piyola issiq choy, qahva yoki zanjabil choyi tana haroratini oshirishga yordam beradi, shuningdek, issiqlikni bir tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari, bir finjon issiq choyni ushlab turib ham, qo‘shimcha ravishda qo‘llarni isitamiz va qon aylanishini yaxshilaymiz.

Sport bilan shug‘ullaning

Muntazam jismoniy mashqlar nafaqat qon harakatini faollashtiradi, shu bilan birga qon aylanishining umumiy yaxshilanishiga ham hissa qo‘shadi. Muzdek qo‘l va oyoqlar odatiy muammoingiz bo‘lsa, jismoniy tarbiya bilan jiddiy shug‘ullanishning allaqachon vaqti keldi.

Shifokorga qachon ko‘rinish kerak?

Ayrim hollarda qo‘l-oyoqlarning doimiy sovqotishi xavfli xastaliklar rivojlanishining alomati bo‘lishi mumkin. Masalan, qizil yuguruk kasalligi, skleroderma, periferik arterial kasalliklar va qalqonsimon bez kasalliklari. Agar qo‘l-oyoqlarning sovqotishi bilan birga tez-tez charchoq, soch to‘kilishi, ich qotishi, oyoq-qo‘llarning shishishi, sochlarning mo‘rtlashuvi yoki aksincha, qalinlashishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qo‘l-oyoqlaringiz har doim muzdekmi? Ularni qanday issiq tutish mumkin?