Foto: Harpers bazaar
Odam organizmi, ayniqsa, sovuq kunlarda alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladi. Viruslar, shamollash va sovuq urishi fonida kuzatiladigan immunitetning susayishi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunda birinchi bo‘lib, tananing umumiy tonusi yo‘qoladi. Keyin esa shilliq to‘qimalar, teri, soch va suyaklarda muammo kuzatiladi. Bunday vaqtda qanday vitaminlarga ehtiyoj yuqori bo‘ladi. Bu savolga mutaxassisning javobini taqdim qilamiz.
C vitamini
Qishda ushbu vitaminni sitrus va quritilgan mevalar, mavsumga xos barra sabzavotlardan olsa bo‘ladi. Parhezshunoslar ayniqsa, tarkibida C vitamin bisyor bo‘lgan tuzlangan karamga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi.
D guruhi vitaminlari
Mutaxassislar, shuningdek, D guruhi vitaminlari muhim ekanini ta’kidlaydi. Ularni faqatgina quyosh nuri orqali qabul qilish mumkin deb o‘ylash xato. Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D3-vitaminini qo‘shimcha ravishda qabul qilsa ham bo‘ladi.
Foto: Harpers bazaar
Oqsil
Nutritsologlar ratsionda oqsilga boy bo‘lgan taomlar bisyor bo‘lishi, uglevodlarni esa qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi. Shunda organizmda himoya funksiyasini faollashuvi va vitaminlarning singishi oson bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring