Kartoshka, pomidor va insonni “o‘ldirishi” mumkin bo‘lgan boshqa kundalik mahsulotlar
Kundalik hayotda muntazam ravishda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari ko‘pchilik o‘ylaganidek zararsiz emas. Shunday oziq-ovqat mahsulotlari borki, sog‘ligimizga zarar yetkazmaslik uchun ularni oqilona iste’mol qilishimiz talab qilinadi.
Qo‘ziqorin
Foto: Unsplash
Gap yovvoyi qo‘ziqorinlar haqida ketyapti deb o‘ylashingiz mumkin, lekin unday emas. Doimiy iste’mol qilinadigan qo‘ziqorinlar ham zararli bo‘lish ehtimoli yuqori. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘ziqorinlar o‘zida zaharli moddalarni to‘plashga moyil. Qo‘ziqorin qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik zararli bo‘ladi. Shuning uchun haddan tashqari yetilgan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki oqsil parchalanadigan mahsulotlar xavfli va zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Kartoshka
Foto: Unsplash
Kartoshkada odam uchun xavfli bo‘lgan solanin (zaharli kimyoviy birikma) mavjud. Agar siz kartoshkada bir oz bo‘lsa ham yashil dog‘larni ko‘rsangiz uni tashlab yuborganingiz ma’qul.
Pomidor
Foto: Unsplash
Pomidorda ham kartoshka kabi zararli moddalar mavjud. Solanin ko‘ngil aynishi, qusish va hatto gallyutsinatsiyaga ham olib kelishi mumkin. Ammo foydali xususiyatlari ham yo‘q emas. Yashil pomidorlardan ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Pishgan pomidorda solanin darajasi nisbatdan kamroq bo‘ladi.
Loviya
Foto: Unsplash
Nima uchun loviyani uzoq vaqt pishirish kerakligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ma’lum bo‘lishicha, uning tarkibida odam salomatligi uchun xavfli bo‘lgan ko‘p miqdorda fitogemoglyutinin mavjud. Undan loviyani 7-12 soat suvda saqlash va uzoq vaqt pishirish orqali qutulishingiz mumkin. Pishirishdan oldin suvni yangilashni unutmang.
Keshyu yong‘og‘i
Foto: Unsplash
Keshyu — ko‘pchilikning sevimli yong‘og‘i bo‘lib, juda foydali hisoblanadi. Faqat uni xomligicha iste’mol qilish terida allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Supermarketlardagi qadoqlangan keshyudan tashvishlanmang, ularga maxsus ishlov berilgan bo‘ladi. Lekin chinakam xom yong‘oqlardan tiyilgan ma’qul.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring