Mazkur sharqona shirinlik ko‘plab vitaminlar va boshqa foydali moddalarga boy. Holvaning foydali jihatlari va kimlarga mumkin emasligi haqida ma’lumot beramiz.
Holvaning foydali xususiyatlari
Oqsil manbai hisoblanadi
Holva tarkibida taxminan 12 gramm oqsil bo‘lib, bu kunlik me’yorning 15 foizini tashkil etadi. Shu sababli holva oqsilli ovqat kam iste’mol qiladiganlar, mushak massasini oshirishni maqsad qilgan sportchilar, homilador ayollar va bolalar uchun foydali shirinlikdir. Oqsil energiya manbai hisoblanadi, u insonga hujayralarni tiklashda kerak, soch va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi, virus va mikroblarga qarshi chidamlilikni oshiradi. Oqsillar tana bo‘ylab vitaminlar, minerallarni tashishda zarur element hisoblanadi.
Nerv tizimini mustahkamlaydi
Holva B guruh vitaminlarini o‘z ichiga oladi, ular stress bilan kurashishda yordam beradi, uyquni mustahkamlaydi, nerv tizimini sog‘lomlashtiradi. Holva uzoq muddatli kasallikdan keyin tiklanishga yordam beradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va ma’lumotlarni eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Magniy B guruh vitaminlari bilan birgalikda nerv tizimi ishini yaxshilashda ham yordam beradi, depressiyadan, nevrozdan, hissiy zo‘riqishdan qutulishda samarali. Har qanday stress organizmda magniy zaxiralarini ko‘paytiradi va holva ushbu elementni to‘ldirish manbaidir.
Suyaklarni mustahkamlaydi
Mahsulot kalsiy va kaliyga boy, bu elementlar organizmda suyak to‘qimasi uchun zarur. Kalsiy nerv tizimi faoliyatini, arterial bosimning me’yorda bo‘lishi va qon ivishini ta’minlash uchun muhimdir. Agar organizmda yetarli darajada kalsiy bo‘lmasa, suyak va tishlar yemirilishni boshlaydi. Shuning uchun ushbu elementni o‘z vaqtida to‘ldirish harakat-tayanch tizimini mustahkamlash uchun muhimdir. Kalsiy shuningdek, mustahkam tirnoq va sog‘lom sochlar uchun zarur. Kaliy esa yurak urishini normallashtiradi, xotirani yaxshilaydi, miya hujayralarini kislorod bilan boyitadi va organizmdan toksinlarni chiqaradi.
Bir kunda qancha holva yeyish mumkin?
Bu mahsulot tarkibida ko‘p shakar mavjud, 100 gramm holvada taxminan 50 gramm shakar bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, shakar miqdori kaloriya bo‘yicha kunlik normaning 10 foizidan oshmasligi kerak. 100 gramm holvada kunlik shakar normasi mavjud, shuning uchun agar ratsionda boshqa shakarli yeguliklar bo‘lmasa, kuniga shuncha holva yeyishga ruxsat etilgan.
Ammo sog‘liq uchun xavfsizroq bo‘lgan miqdori — kuniga 30-50 gramm, bu miqdorda iste’mol qilish sog‘liqqa zarar bermaydi. Shuningdek, holvani iste’mol qilar ekansiz, uning kaloriyasini ham nazorat qilish kerak. Bu katta kaloriyali mahsulot bo‘lib, 100 gramm ya’ni bir porsiya taxminan 500 kkalni, kunlik kaloriya me’yorining 25-30 foizini tashkil qiladi.
Diabetga chalinganlar ham iste’mol qilishi mumkinmi?
Tarkibida ko‘p miqdorda shakar bo‘lgani uchun qonda shakar miqdori yuqori bo‘lganda uni tanovul qilish tavsiya etilmaydi. Diabet bilan og‘riganlar uchun izomalt qo‘shilgan holva mumkin, chunki unda shakar bo‘lmaydi. Izomaltning organizmda faqatgina 10 foizi o‘zlashtiriladi va juda oz miqdorda qondagi shakar darajasini oshirishi mumkin. Ammo bunda ham cheklovlar mavjud — kuniga 50-65 grammgacha, chunki izomaltning ko‘p miqdori hazm qilish tizimini buzishi mumkin.
Holvani iste’mol qilishda zarar va cheklovlar
Bu mahsulotning ko‘plab foydali xususiyatlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, unga qarshi ko‘rsatmalar ham bor. Holva tarkibida allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan pista va yong‘oq mavjud. Mahsulotni iste’mol qilishdan oldin tarkibini o‘rganish kerak, chunki u farq qilishi mumkin. Ushbu mahsulotni ratsionga ehtiyotkorlik bilan va asta-sekin qo‘shish kerak, organizmning reaksiyasini kuzatib borish lozim.
Unda shuningdek, katta miqdorda shakar va yog‘ mavjud, shuning uchun oqsil, yog‘ va uglevodlar hamda kunlik kaloriya me’yoriga e’tibor berish muhim. Kamroq kaloriyali variantlari ham mavjud, 100 grammiga 350 kkal gacha, ammo ularni ham cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak.
Pankreatit bo‘lganda ushbu mahsulotni iste’mol qilmaslik lozim, chunki kasallik paytida oshqozon osti bezi katta miqdordagi uglevodlarni parchalay olmaydi. Bundan tashqari, pista va yong‘oq oshqozon shirasini ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi mumkin, bu kasallikning kuchayishiga olib keladi.
Oshqozon va ichak yara kasalligi, gastrit va xoletsistit bo‘lganlar uchun ham shirinlik iste’mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu oshqozon-ichak yo‘llarining shilliq qavatini zararlab, ahvolning yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Diabet bilan og‘riganlar uchun shakar mavjud bo‘lgan holva yeyish tavsiya etilmaydi. Shirinlikning diyetik turlari mavjud bo‘lib, ularda fruktoza ishlatiladi, ammo bunday mahsulotni iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi