22:33 / 07.03.2024
265

Quritilgan mevalarning foydali va zararlari xususiyatlari

Quritilgan mevalarning foydali va zararlari xususiyatlari
Quritilgan mevalar eng foydali oziq-ovqatlardan biridir. Ular to‘g‘ri quritilganda o‘zida barcha vitamin va minerallarni saqlab qoladi. “Pravda.ru” nashri quritilgan mevalarning inson organizmi uchun foyda va zararlari haqida so‘z yuritdi.

Foto: Mavink
Quritilgan mevalarning organizmga foydali ta’siri ko‘p, jumladan:
  • Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi. Mevalardagi oziq-modda tolalari ichaklarning to‘g‘ri ishlashiga va toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi;
  • Immunitetni oshiradi. Quritilgan mevalar immun tizim ishlashini rag‘batlantiruvchi B, C vitaminlari va minerallarni o‘z ichiga oladi;
  • Tanaga quvvat beradi. Quritilgan mevalar tarkibidagi tabiiy shakar organizm tomonidan qisqa vaqt ichida so‘riladi va kuch beradi;
  • Antioksidantlarga boy. Hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini oladi.


Foto: Sgurman
Har narsada me’yor bo‘lgani singari, quritilgan mevalarni iste’mol qilishda ham ehtiyotkor bo‘lish lozim. Bir kunda yangi pishgan mevani qancha miqdorda yesangiz, quritilgan mevalarni ham xuddi shunday miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. Bu borada, ayniqsa, qandli diabet bilan kasallangan insonlar ogoh bo‘lishlari zarur.

Quritilgan mevalarning zarari tomonlari

Foydali bo‘lishiga qaramay, quritilgan mevalar ham o‘ziga xos zararli xususiyatga ega. Ularning e’tiborni jalb qiluvchi tijoriy ko‘rinishiga intensiv kimyoviy ishlov berish orqali erishiladi. Ular chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun turli konservant va moylar bilan ishlov beriladi. Bunday usul hasharotlardan himoya qiladi va mevalar saqlash muddatini uzaytiradi. Shu sababli quritilgan mevalarni iste’mol qilishdan avval ularni qaynatilgan suv bilan chayish yoki oddiy suvda yuvish darkor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Quritilgan mevalarning foydali va zararlari xususiyatlari