Foto: “Daryo” / Mirg‘olib Rahimov
Pulmonolog shifokor Mirg‘olib Rahimov pulmonologik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga ro‘za tutish mumkin yoki mumkin emasligi haqida tushuntirish berdi.
Tavsiya etiladi
Agar o‘pkaning obstruktiv kasalliklari, ya’ni surunkali o‘pka kasalliklari xobl, bronxial astma yoki shu turdagi yengil darajadagi kasalliklarda sutka davomida hech qanday dori iste’mol qilinmaydi. Ya’ni dorilarni ertalab va kechqurun ichib, bemalol ro‘za tutsa bo‘ladi.
Tavsiya etilmaydi
O‘pka yallig‘lanish kasalliklari, pnevmoniya, bronxoektazga chalingan bemorlar kasalligi tuzalgunga qadar doimiy ravishda kaloriyaga boy ovqatlarni iste’mol qilishlari kerak. Kam miqdordagi ovqat iste’mol qilish kasallikning o‘tkir davri tugamaguncha tavsiya etilmaydi.
Bemorda to‘satdan boshlangan yo‘tal, temperatura, kuchayib borayotgan hansirashlar o‘pkaning o‘tkir kasallik belgilari hisoblanadi. Bunday holatlar kuzatilganda bemor darhol tekshiriladi, rentgenografiya qilinadi, qon topshiriladi va kasallik aniqlanadi. Bunday holat kuzatilgan bemorlarga ro‘za tutish tavsiya etilmaydi. Chunki tana harorati ko‘tarilganda tanadagi zaharlanishni kamaytirish maqsadida tana massasining 3-4 foizi miqdorida suyuqlik ichib turishlari kerak.
Eslatma
O‘pkaning o‘tkir kasallik belgilari kuzatilganda ham ro‘za tutilsa, organizmda suvsizlik kelib chiqishi va yanada og‘ir holatlarga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi