23:15 / 02.04.2024
482

Saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kundalik odatlar

Saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kundalik odatlar
Onkologik kasalliklar har yili juda ko‘p odamlarning hayotiga zomin bo‘ladi. Yaqinda ma’lum bo‘ldiki, har kuni qiladigan oddiy ro‘zg‘or yumushlari, hatto oqibatlari haqida o‘ylamasdan, bu kasallikka duchor bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi.

Ovqat pishirish

Agar sevimli mashg‘ulotingiz ovqat pishirish bo‘lsa, unda sog‘lig‘ingizni jiddiy xavf ostiga qo‘yasiz. Ayniqsa, gaz plitasida ovqat pishirsangiz. Olimlar gaz plitalarida ovqat pishirishda hosil bo‘ladigan tutun tarkibida mutagen aldegidlar borligini aniqladi. Ushbu moddalar o‘pka, siydik pufagi va bachadon bo‘yni saratoniga olib kelishi mumkin.

Ammo kuymaydigan qoplamali idishlar, kastryulkalar va tovalar qoplamasi shikastlanmaguncha hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Sirtida tirnalgan joylar paydo bo‘lishi bilanoq, sog‘liq uchun xavfli moddalar oziq-ovqatga chiqa boshlaydi.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi

Bolalikdan tishlar og‘rimasligi uchun ularni kuniga ikki marta yuvish kerakligini o‘rgatishgan. Bunda sog‘lig‘imizga zarar yetkazadigan hech narsa yo‘qdek tuyuladi. Biroq ko‘plab tish pastalarida ftorid va triklozan kabi moddalar mavjud. Ushbu moddalar zaharli bo‘lib, inson tanasida asta-sekin to‘planishga moyildir. Shuning uchun yorqin rangli tish pastasini ishlatmagan ma’qul. Bo‘yog‘i kamroq yoki undan ham yaxshisi tabiiy ingrediyentlardan tayyorlangan mahsulotlarga o‘ting.

Havoni tozalash vositasidan foydalanish

Yoqimsiz hidlarga qarshi “osvejitel” bilan kurashishga odatlanganmisiz? Demak, sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yasiz. Gap shundaki, bunday mahsulotlar nafas yo‘llariga joylashib oladigan va saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kanserogenlarni o‘z ichiga oladi.

Vodoprovod suvidan foydalanish

Suv quvurlarga deyarli toza kiradi. Ammo uylarda ham, shahar atrofidagi tarmoqlarda ham quvurlar ko‘pincha eski va zanglagan bo‘ladi.

Suvni organik xlor birikmalaridan, og‘ir metallardan va boshqa xavfli tarkibiy qismlardan tozalash uchun qaynatish kerak yoki filtr o‘rnatish lozim. Aytgancha, suv filtri nafaqat oshxonada, balki dushda ham bo‘lsa foydadan xoli emas. Shu yo‘l bilan zararli moddalar tanangizga kirishining oldini olasiz.

Tomorqada ishlash

Tabiat qo‘ynida dam olish va toza havoda ishlashning nima zarari bo‘lishi mumkin? Agar begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalanmasangiz, hech qanday. Ularning ikkalasi ham sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun gerbitsidlar va insektitsidlar bo‘yicha ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qing. Yaxshisi tabiiy mahsulotlardan foydalaning.

Dezodorantlardan foydalanish

Ftalatlar, triklozan va alyuminiy ko‘pincha antiperspirantlarda mavjud bo‘lgan moddalardir. Dezodorantingizdagi yorliqni diqqat bilan o‘qing, agar unda ushbu ingrediyentlardan birortasi bo‘lsa, darhol uni tashlab yuboring.

Ayollar uchun bunday mahsulotlardan foydalanish xavfli, chunki alyuminiy ko‘krak saratoniga sabab bo‘lishi isbotlangan. Dezodorantingizni organik xom ashyolardan tayyorlangan analogga almashtiring.

Plastmassa idishlardan foydalanish

Gap shundaki, plastmassa idishlar mikroto‘lqinli pechda qizdirilganda ftalatlar — onkologiyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladigan moddalar ajralib chiqa boshlaydi. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatga aralashadi. Bundan tashqari, plastmassada bisfenol A deb nomlangan modda mavjud bo‘lib, u ham tanaga juda salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun suv sotib olganda, shisha idishlisidan oling. Aytgancha, ishlatishdan oldin plastik stakanlarni yuvish tavsiya etiladi.

Gilam tozalash

Gilamdagi dog‘larni bir zumda ketkazadigan gellarda saratonga olib keladigan kimyoviy moddalar borligini ko‘pchilik bilmaydi. Gap shundaki, ushbu mahsulotlarning aksariyatida perkloretilen yoki tetraxloretilen bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta saraton turlarini qo‘zg‘atishi mumkin.

Yana bir xavfli element bu — tomoq va o‘pka saratoni rivojlanish ehtimolini oshiradigan naftalin. Shuning uchun tozalovchi mahsulotlarni soda va sirkaga almashtirgan ma’qul.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saratonga olib kelishi mumkin bo‘lgan kundalik odatlar