Mutaxassislar tomonidan jismoniy mashg‘ulotlarni bajarmay ham ozish mumkinligi allaqachon isbotlangan. Turli parhezlar, sport mashg‘ulotlaridan charchaganlar uchun sportzalga qatnamay vaznni tartibga keltirish imkoni bor.
Diyetolog, endokrinolog, nutritsiolog, tibbiyot fanlari nomzodi Oksana Panova ortiqcha jismoniy harakatlarsiz ozish uchun o‘z maslahatlarini berib o‘tdi.
Foto: Getty Images
Nonushtani o‘tkazib yubormang
Ertalab nonushta qilmay uydan chiqish — ortiqcha vaznni yo‘qotishda qiynaladigan insonlarning eng ko‘p takrorlaydigan xatosi. Nonushtani o‘tkazib yubormaslik ozish uchun muhim. Ertalabki ovqat kundalik ratsiondagi umumiy kaloriyaning kamida 25 foizini tashkil etishi lozim. Nonushta metabolizmni ishga tushirishga va uyqudan keyin tanadagi resurslarni tiklashga yordam beradi.
Mayda detallarga ahamiyat bering
Tabiiyki, ozish uchun iste’mol qilinadigan kaloriya miqdorini kamaytirish shart. Yog‘li ovqatlar, tez tayyorlanadigan taomlar, shirinliklar, kolbasa mahsulotlaridan voz kechish bunga yordam beradi. Shuningdek, kichik detallarga ham e’tiborli bo‘lish muhimdir. Masalan, turli souslar, salatlarga qo‘shiladigan mayonez va yog‘ kabilarga ahamiyat bermaymiz va iste’mol qiladigan taomlarimiz ozuqaviy qiymatini bilmay oshirib yuboramiz.
Sekin ovqatlaning
Taomni shoshilmay, yaxshilab chaynash kabi harakatlar bosh miyaga to‘yinganlik haqida signal yuboradi va natijada ortiqcha ovqatlanishdan asraydi.
Shakar iste’molini kamaytiring
Foto: Shutterstock
Choy yoki kofega shakar solmaslikning o‘zi yetarli emas. Tarkibida shakar bo‘lgan mahsulotlarga ham e’tibor qaratish kerak. Masalan, 100 gramm ketchupda 20-30 gramm shakar mavjud. Tavsiya etilgan kunlik iste’mol qilinadigan shakar miqdori 50 grammdan oshmasligi lozim.
Uyqu sifatiga e’tiborli bo‘ling
Uyqu vaqtida organizm ochlik va metabolizmni nazorat qilishga javob beruvchi grelin va leptin gormonlarini ishlab chiqaradi. Surunkali uyqusizlik gormonal muvozanatni buzadi va ovqat hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Bu esa ishtahani oshirishga va ortiqcha vaznga olib keladi.
Oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qiling
Oqsil uzoq vaqtga to‘yinganlik hissini beradi. Masalan, nonushtaga qaynatilgan tuxum, tushlik va kechki ovqatga tovuq, kurka, quyon va molning yog‘siz go‘shti mos keladi.
Shuningdek, kletchatkaga boy sabzavot va mevalarni, dukkaklilar va ko‘katlarni iste’mol qilish oshqozon hazm tizimi ishlashini rag‘batlantiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi