621
Kuniga uchtadan tuxum iste’mol qilish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Foto: Adobe stock
Iste’mol qilinayotgan oqsillar miqdoriga alohida e’tibor beradiganlar uchun tuxumdan ham ko‘ra to‘yimliroq va foydaliroq yegulikni topish qiyin. Tuxum inson organizmi to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab foydali elementlarning manbaidir.
Masalan, bir dona qaynatib pishirilgan tuxum tarkibida quyidagilar mavjud:
A vitamin — 6 foiz;
Foliy kislotasi — 5 foiz;
B5 vitamini — 7 foiz;
B12 vitamini — 9 foiz;
Fosfor — 9 foiz;
Selen — 22 foiz.
Shuningdek, tuxum D, E, K vitaminlari, kalsiy va rux kabilarga boy. Bir dona tuxum jami 77 kaloriya ozuqaviy qiymatga ega. Ularning 6 grammi oqsil va 5 grammi foydali yog‘lardan iboratdir.
Har kuni bir emas, balki uch donadan tuxum iste’mol qilish nimalarga olib keladi? Bu savol bo‘yicha qiziqarli tadqiqot natijalari sizni hayratga solishi shubhasiz.
Yuqori zichlikdagi lipoproteinlar — foydali xolesterin miqdori oshadi
Tuxum organizm uchun foydali xolesterolga boy taom sanaladi. Bu turdagi xolesterin (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) tananing turli qismlaridagi xolesterolni jigarga yetkazib berishda ishtirok etadi. Demak, kuniga uch dona qaynatilgan tuxum iste’mol qilish zararli xolesterinni organizmdan chiqarib tashlash uchun javob beradigan lipoproteinlar darajasini oshiradi.
Shuningdek, yuqori zichlikdagi lipoproteinlar darajasini oshirish yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq xavfni kamaytiradi.
Tuxum sog‘lom va baquvvat mushaklar uchun ideal mahsulot
O‘rtacha kattalikdagi tuxum taxminan 72 kaloriyadan tashkil topadi, energetik qiymatning asosiy qismi oqsil shaklidadir. Oqsil mushak to‘qimalari faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Uning yetishmasligi sport bilan shug‘ullanishda mushaklar bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltiradi.
Tuxum suyaklar mustahkamligi uchun javobgar
Avvallari tibbiyotda oqsil suyak tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan tushuncha mavjud edi. Biroq, yangi ilmiy tadqiqotlar buni rad etmoqda: qo‘shimcha oqsil iste’mol qilish suyak mustahkamligiga ijobiy ta’sir etishi o‘z isbotini topdi. Chunki oqsil organizmda kalsiy moddasi so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘z nurini yaxshilaydi
Tuxum tarkibidagi lyutein va zeaksantin antioksidantlari ko‘rish qobiliyatini mustahkamlaydi. Ushbu moddalar ko‘z to‘r pardasida to‘planadi va ko‘zda degenerativ jarayonlar yuz berishidan saqlaydi.
Tuxum kamroq ovqatlanishga sabab bo‘ladi
Nonushtaga qaynatilgan tuxum va meva iste’mol qilsangiz, tushlikkacha ochlik haqida o‘ylar sizni bezovta qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi