10:27 / 09.04.2024
458

Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi?

Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi?
Mutaxassislar umrni uzaytirish va saraton kasalligi xavfini kamaytirish uchun qaysi sabzavotni taomnomaga kiritish kerakligini aytdi. Barcha mamlakatlarda yetishtiriladigan odatiy karam eng foydali sabzavot deb topildi.

Foto: Adobe stock
Chunki karam tarkibida barcha vitaminlar va oshqozon uchun foydali fermentlar mavjud. Ushbu mahsulot organizmdagi deyarli hamma tizimlar salomatligi va faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan tabiiy antioksidant C vitamining koni hisoblanadi. U hujayralarni shikastlanishdan saqlaydi va immunitetni mustahkamlaydi.

Shuningdek, karamda ko‘plab foliy kislotasi, kalsiy, kaliy, magniy mavjud bo‘lib, ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadigan karotinoidlarga ham boy.

Tadqiqotlarga ko‘ra, karam saraton va asab tizimi bilan bog‘lik kasalliklarning oldini oladi, stressga chidamli bo‘lishga yordam beradi.

Karamdagi ozuqa tolalari tanani turli toksinlardan tozalaydi va qarishni sekinlashtiradi. Sabzavotni har qanday ko‘rinishda iste’mol qilish mumkin, ammo eng foydalisi xom karam hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi?