Foto: iStock
Yod hayot uchun zarur elementlar orasida muhim o‘rin tutadi. Dunyo bo‘ylab aqliy zaiflik holatlari, buqoq kasalliklari aynan yod tanqisligi bilan bog‘liq. Iodine Global Network — Yod tanqisligi global tarmog‘ining ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda dunyoning 19 ta mamlakat aholisi yodni yetarli darajada iste’mol qilmaydi deb tasniflangan. O‘zbekistonda ham qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar ko‘p uchraydi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan kattalar uchun tavsiya etilgan kunlik yod miqdori 150 mikrogrammni tashkil qiladi. Homilador yoki emizikli ayollarga bundan ham ko‘proq yod— 220 mikrogramm kerak.
Yod qalqonsimon bez gormonlari sintezida ishtirok etadigan muhim mikroelementdir. U metabolizmni tartibga solish, bosh miya rivojlanishi, yurak-qon tomir va immun tizimlarining ishlash kabi jarayonlar uchun mas’uldir. Organizmda yod tanqisligi mazkur mikroelementga boy oziq-ovqat yoki shifokor tavsiya qilgan yod preparatlari orqali bartaraf etiladi.
Organizmda yod tanqisligining sabablari va belgilari
Foto: Championat.com
Ayollar yod tanqisligi erkaklarga qaraganda ko‘proq uchraydi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1000 ayoldan 19 tasida ushbu modda yetishmaydi, mazkur ko‘rsatkich erkaklarda mingdan birni tashkil qiladi.
Yod tanqisligi belgilari:
- gipoterioz (qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi);
- kistalar hosil bo‘lishi;
- tanadagi shishlar;
- qabziyat;
- ortiqcha vazn;
- uyquchanlik, charchoq;
- asabiylik;
- tez charchash;
- apatiya, depressiya;
- homiladorlik davrida bolaning sekin o‘sishi va rivojlanishi;
- mushaklarda og‘riq;
- yuqori xolesterin;
- terlamaslik (hammomda yoki jismoniy faoliyat paytida ter bezlari ishlamasligi);
- homiladorlikning kechikishi.
Organizmda yod miqdorining ko‘payib ketishi uning tanqisligi kabi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Mikroelementning haddan tashqari ko‘pligi taxikardiya, oyoq-qo‘llarning titrashi, ko‘p terlash, diareya, mushaklarning kuchsizligi, ozib ketish, asabiylik, nafas olish yo‘llari shilliq qavatining yallig‘lanishi va boshqa belgilar bilan ifodalanadi.
Organizmda yodning ko‘payib ketish holatlari kam uchraydi.
Yodga boy tabiiy mahsulotlar
Foto: iStock
Dengiz mahsulotlari
Ko‘plab turdagi baliqlar va qisqichbaqasimonlar yodga boy. Masalan, 100 gramm treska taxminan 158 mkg yodni o‘z ichiga oladi. Yod miqdori baliq yashagan suv havzasiga qarab o‘zgaradi.
Sut va sut mahsulotlari
Dengiz mahsulotlarini yoqtirmaydiganlar uchun sut yodning asosiy manbayi hisoblanadi. To‘g‘ri, bu ichimlikdagi yod miqdori chorva mollarining nima bilan oziqlanganiga bog‘liq. O‘rtacha 100 gramm sutda 44 dan 84 mikrogrammgacha yod mavjud, ya’ni bu tavsiya etilgan kunlik miqdorning 30-56 foiziga teng.
Yodlangan tuz
Foto: Championat.com
100 gramm tuzda taxminan 40 mkg yod mavjud. Bunday tuz yod tanqisligining oldini olish uchun keng qo‘llaniladigan va yod bilan sun’iy boyitilgan mahsulotdir.
Tuxum
Bir dona o‘rtacha kattalikdagi qaynatilgan tuxumda taxminan 31 mkg yod mavjud, bu kunlik qiymatning 21 foizini tashkil qiladi.
Mevalar
Rezavorlar va mevalar, ya’ni xurmo, uzum, qulupnay, chernika, klyukva kabilarda ham yod mavjud. Besh dona quritilgan qora olxo‘ri 13 mkg yodni yoki kunlik qiymatning taxminan 9 foizini beradi.
Foto: Championat.com
Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar tarkibidagi yod miqdori ular yetishtiriladigan tuproqqa bog‘liq.
Kartoshka
Bu sabzavot yodning yana bir manbayi hisoblanadi. Bir dona pishgan kartoshka tarkibida 60 mikrogramm yod bor. Kunlik yod normasini to‘ldirish uchun 3-4 dona kartoshka yetarli bo‘ladi.
Go‘sht
Yodga boy oziq-ovqatlarga mol go‘shti va jigari ham kiradi. Ular ko‘plab vitaminlar, jumladan, foliy kislotasi va temir manbayidir. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi