Yozning quyoshli havosida isib ketmaslik uchun ochiq rangli kiyim kiyish kerak, degan fikr mavjud. Axir hatto arab mamlakatlari aholisi uzun va oq kiyimda yurishadi. Aslida, esa bu yanglish tushuncha.
Foto: Getty Images
Nega yozda oq libos kiyish shart emas?
Yozda oq rangli kiyim-kechak sizni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan va jaziramadan himoya qila olmaydi. To‘g‘ri, oq narsalar quyosh nurini yaxshi aks ettiradi. Shu sababli tana sekinroq qiziy boshlaydi. Ammo och rangli kiyim tanani faqatgina oftob urishidan himoya qilishi mumkin.
Ultrabinafsha nurlar
Ranglarning issiqlik o‘tkazish darajasi
Foto: KNOE
Quyoshning insoniyatga bo‘lgan asosiy xavfi — bu ultrabinafsha nurlanish bo‘lib, nurlar tanani kuydiradi, terini erta qaritadi, melanoma va teri saratoni kasalliklariga olib keladi va hatto immunitetini susaytiradi. Oq libosning o‘zi sizni bularning baridan qutqara olmaydi.
Har qanday mato ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadi. Ammo oq rangli kiyim nurlarni ko‘proq miqdorda o‘tkazadi. Paxta tolali kiyimning nurlanishidan himoya qilish indeksi taxminan 5 ga teng, yashil va jigarrang matoniki esa 50 gacha yetishi mumkin. Demak, to‘q rangli kiyim bizni nurlanishdan ko‘proq himoya qiladi.
Hasharotlardan himoya qilmaydi
Oq rangli kiyim hasharotlarni daf etmaydi, aksincha, och rang ularni jalb qiladi. Birgina yaxshi tomoni — oq kiyimda ustingizga qo‘ngan hasharotlarni aniqlash osonroq. Chivinlar bundan istisnodir. Ularga to‘q ranglar yoqadi.
Foto: Dzen
Yozgi kiyimni tanlash qoidalari
To‘g‘ri tanlangan kiyim sizni oftob, ultrabinafsha nurlari va hasharotlardan himoya qiladi.
- Mato zichligi qanchalik qalin bo‘lsa, ultrabinafsha nurlanishidan shunchalik yaxshi himoya qiladi;
- Nurlanishdan saqlanish uchun yorqin rangli kiyim kiying, kechki sayrga esa oq va to‘q rangli liboslarni kiyish mumkin;
- Kiyim tanani to‘liq yopishi, oyoq kiyim ham yopiq va teshiklarsiz bo‘lishi ma’qul;
- Bosh kiyimi: shlyapa, panama, ro‘mol kabilar ham nurlanish va oftob urishidan saqlaydi;
- Matosi cho‘zilib ketgan kiyim ham nurlarni yaxshi o‘tkazadi. Yeng va to‘piq qismi rezina bilan mahkamlangan kiyimlar esa sizni hasharotlardan asraydi;
- Yozda tor bo‘lmagan, tabiiy matodan tikilgan kiyimlarga urg‘u bering.
Yoz faslida oftobdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qiling:
- Yuz va tananing boshqa ochiq sohalariga quyoshdan himoya qiluvchi SPF krem surtishni unutmang;
- Suzish havzasida cho‘milgandan so‘ng, tanadagi SPF kremni yangilash kerak bo‘ladi;
- Jazirama issiqda soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida besabab tashqariga chiqmaslikka harakat qiling;
- To‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish o‘zingizni yaxshi his etish va go‘zal bo‘lishga yordam beradi. Yozda ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qiling, taomnomaga donli va yog‘siz oqsilga boy mahsulotlarni kiriting.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi